O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Kasallikning yuqish yo’llariga qarshi o’tkaziladigan
chora-tadbirlar
Agar bemor uyda qoldirilsa, u holda davolash mobaynida kichik tibbiyot 
xodimlari tomonidan kundalik dezinfeksiya ishlari o’tkaziladi. Ovqatdan 
tozalangan idish-tovoqlar dezinfeksiya maqsadida 0,5% soda eritmasida 15 minut 
qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasida 10 minut ushlab turiladi, 150 g. 
xloraminga 10 l suv to’g’ri kelishi kerak. Qoldiq ovqat esa 15 minut qaynatilib 
so’ng chelakka tashlanadi. 
Ust-bosh kiyimlar va yotishga ishlatiladigan choyshablar 0,5% soda eritmasi 
qo’llanib 15 minut qaynatiladi yoki 0,5% xloramin eritmasi bilan 30 minut ushlab 
turgandan so’ng qaynatiladi va quritiladi. 
Plastmassa, yog’och, rezinadan tayyorlangan o’yinchoqlar 0,5% xloramin 
eritmasida 30 minut mobaynida ushlab turiladi, matodan tayyorlangan 
o’yinchoqlar 0,5% xloramin eritmasi bilan artiladi. Uydagi pollar ham Shu eritma 
bilan artiladi. O’tirg’ich-gorshok, taglik - sudno, unitazlar 0,5% xloramin eritmasi 
bilan artiladi, 30 minut ushlanadi. 
Pashshalarga qarshi chora-tadbirlar uchun uydagi barcha eshik va derazalarga 
to’r o’rnatiladi. Bemor uchun ishlatiladigan grelka, termometrlar ham 0,5% 
xloramin bilan artiladi. 
Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan o’tkaziladigan chora-
tadbirlar.
Bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar 7 kun davomida tibbiy nazorat 
ostida bo’ladilar. Shu maqsadda poliklinikaning tibbiyot xodimlari tomonidan 
maktablarda, bog’chalarda bolalarni tibbiy nazoratga olinadi (tana harorati, najas 
tekshiriladi va yo’g’on ichak palpatsiya qilinadi). 
Kasallanish avj olgan hollarda kasallikni oldini olish maqsadida 
bakteriofaglar beriladi. Bolalarga 3 yoshgacha 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va 
katta yoshdagi bolalarga 2 tabletka har 3 kunda beriladi. 
 
Ichburug’ kasalligining profilaktikasi 
DSENM talablariga ko’ra kasallik o’chog’ida sanitar-profilaktik chora-
tadbirlar o’tkaziladi. Suv manbalari, suv havzalari, quduqlarni yaxshilash, 
hojatxonalarni tozalash, pashshalarni yo’q qilish hamda sanitar oqartuv ishlarini 
olib borish. 
Muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda, aholining 
ba’zi ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Bunda avvalo 
mazkur bakteriofagning ajratilayotgan shigellalarni lizis qilish xususiyati 
o’rganilishi va inobatga olinishi zarur. 
1. Profilaktika maqsadida maktabgacha bo’lgan bolalar, bog’chagacha 
bo’lgan bolalar, maktabgacha bolalar ovqatlanish korxonalarida ishlovchi 
xodimlar, oziq-ovqat do’konlaridagi sotuvchilar, suv inshootlarida ishlovchilarga 


hamda somatik shifoxonalarda bemorlarga 5 kun mobaynida 1 tadan tabletka 
bakteriofag beriladi. 
2. O’choqda epidemiologik ko’rsatmaga qarab maktabgacha bo’lgan bolalar 
muassasalarida profilaktika maqsadida 3 kun ketma-ket sistemali ravishda 
fagoprofilaktika o’tkaziladi. 
3. Yotoqxonalarda, ovqatlanish korxonalarida kasallikning oldini olish 
maqsadida 3 kun fagoprofilaktika o’tkaziladi. 
4. Ichak o’tkir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 2 martadan davolash 
maqsadida 5 kun bakteriofag beriladi. Sog’lom 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan 
bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagilarga 2 tabletka, 8 
yoshdagilarga 2-4 tabletka. 
Davolanib bo’lgan bolalar, bolalar muassasalarida va ovqatlanish 
korxonalarida ishlovchi xodimlarga 5 kun davomida fagoprofilaktika o’tkaziladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin