Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni uzluksiz va doimiy ravishda to’plash
uchun epidemiologlar boshqa tibbiyot xodimlari bilan o’zaro
hamkorlikda
ishlashlari kerak.
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish uchun quyidagilarni bajarish tavsiya
etiladi: shigellyoz kasalliklarida epidemik o’choqlarni, unda kasallikning kelib
chiqish sabablarini sinchiklab tekshirish kerak. Kasallikni
shigellaning qaysi turi
chaqirganligiga qarab qaysi omil bu jarayonni rivojlanishida muhim rol o’ynashini
aniqlash mumkin.
Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil
Bu tahlil kasallikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularga ta’sir etish
davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning
uchun
har kuni haftalik uchragan kasallik-lar darajasini kasallanganlar yoshi, kasbi va bu
kasallikning kelib chiqishini, kasallik tarqalgan hududlarni kuzatib boriladi. Bunda
faqat shigellalar bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari
iste’mol
qilinadigan oziq-ovqat, suv, sut, qatiq mahsulotlarining sifati, umumiy
ovqatlanish korxonalarining sanitariya ahvoli haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish,
ularni laboratoriya tekshiruv usullaridan o’tkazib turish.
Dostları ilə paylaş: