O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


 Tafovut qilish, farqlash usuli



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

1. Tafovut qilish, farqlash usuli. 
Agarda bir guruh kishilar o’rtasida kasallik 
boshqa guruh kishilariga nisbatan ko’proq uchrasa va bu guruhlar bir-birlaridan 
qandaydir biron bir ta’sir etuvchi omilning ko’p yoki ozligi bilan farq qilsalar shu 
ta’sir etuvchi omil kasallikning ko’p tarqalishidagi asosiy sabab deb bilinadi. 
2. O’xshatishlik usuli. 
Agar bir xil sharoitda bir nechta guruhlarda bir xildagi 
kasallik uchrasa va bu guruhlarga umumiy bo’lgan biron bir omil mavjud bo’lsa, 
Shu omilni kasallikning kelib chiqishidagi va tarqalishidagi sababiy omil deb 
ataladi. 
3. Tafovut qilishlik va o’xshatishlikning qo’shilgan usuli. 
Tafovut qilish va 
o’xshatishlik usullarini muntazam va ketma-ket, o’zaro takqoslab ishlatilgandagina 
aniq va ishonchli epidemiologik xulosaga kelish mumkin. Bunday holda dastlab 
o’xshashlik usulini qo’llab epidemiologik hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin 
bo’lgan ehtimoliy sabablar aniqlanadi, so’ngra shu sabablar tafovut qilish usuli 
asosida batafsil o’rganilib, ba’zi bir guruhlarda bu sabablar yo’q ekanligi 
isbotlanadi. 
4. Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli. 
Ma’lum 
vaqt oralig’ida kasallikni ko’payib yoki kamayib ketishi epidemik jarayonga ta’sir 
qiluvchi birorta omil ta’sir kuchini ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liqligi 
yaqqol aniqlansa, Shu omil kasallikni tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omil 
yoki asosiy shart-sharoit deb bilinadi. 
Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli shunday 
paytda etarli darajada aniq bo’ladiki, qachon biror ijtimoiy yoki tabiiy omilning 


o’zgarishini uzoq vaqt davomida kuzatib borilsa va shu davr mobaynida epidemik 
jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarning ta’siridan mustasno bo’lsa. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin