O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Kontagioz gelmintozlar 
1. Enterobioz. Bunda bolalarni va bolalar muassasasi xodimlari, boshlang’ich 
sinf o’quvchilari yiliga 1 marta tekshiriladi. Yotoqxona xodimlari, sport guruhi 
a’zolari, basseynda suzuvchilar ishga kirishdan oldin tekshiriladi. Enterobioz bilan 
zararlanishga tekshirish 3 marta 2-3 kun oralab o’tkaziladi. Agar birinchi 
tekshirishdayoq bolalar guruhlarida 15 % dan ortiq ostrisali bolalar topilsa 
tekshirish to’xtatiladi va hamma bolalar davolanishi kerak. 
Tekshirish usullari: Enterobiozda axlatni mikroskopik tekshirish, so’rash, 
pereanal qirma (soskob) usuli. 
O’choq va mikroo’choqlar sog’lomlashganligining ishonchliligini tekshirish. 
Kontagioz gelmintozlarda bolalar muassasasida, umumiy ovqatlanish 
korxonalarida yiliga 2 marta gijjalar tuxumiga tekshirish o’tkaziladi. 
Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarni o’tkazilishidan oldin zararlanish yuqori bo’lgan 
joylardagi bolalar muassasalari va boshlang’ich maktabning biror guruhi har yili 
tekshirib turilishi kerak. Sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlar bilan bir vaqtda 
medikamentoz davolash ham o’tkaziladi. Xonalarning pollari, eshik va uning 
tutqichi, stullar, unitazning devorlari, bolalar gorshoklari har kuni yuvilishi kerak. 
Binoni tozalashda ishlatilgan cho’tkalar, supurgi va chelaklarni qaynoq suv bilan 
yuvib tozalanadi, lattalar esa qaynatiladi. Davolashning birinchi va oxirgi kunlari 
binoni yaxshilab tozalash kerak, qaynatib bo’lmaydigan narsalar: gilam, jun 
buyumlar ko’rpa-yostiq kabilarni toza nam latta bilak artiladi, ustiga nam material 
qo’yib dazmollanadi va changyutgich bilan tozalanadi. O’yinchoqlarni qaynoq 
suvda yoki sovun bilan yuviladi. 
Yotoq anjomlarini alohida saqlash kerak. Tish cho’tkalarini yopiq joylarda 
saqlash kerak. Bolalar jamoalarida enterobiozdan zararlanishni aniqlash va 
sog’lomlashtiruvchi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish natijalari haqida 
xizmatchi xodimlarga tuShuntirish ishlari o’tkaziladi. 
Ota-onalar bilan enterobiozning oldini olish, oilada sanitariya-gigiyenik 
tartibini saqlash haqida suhbatlar uyushtirilishi kerak va oiladagi enterobiozdan 
zararlangan bolalarni aniqlashni tashkil etish lozim. Bolalar muassasalarining 
tibbiyot xodimi va tarbiyachisi bolalarni shaxsiy gigiyenaga qanday rioya 
qilayotganliklarini doimo kuzatishlari kerak. 
1. Gijjalar tuxumini qalin surtmali Kato uslubi bilan aniqlash. Kato uslubi 
qalin surtmaga glitserin tomchisi tomizib va uni yashil malaxitli kraska yordamida 
bo’yash usuli bilan gijjalar tuxumini aniqlashga asoslangan. Kato usuli uchun 
kerak bo’ladigan reaktivlar: 
1. 2% yashil malaxit suvli eritmasi 


2. Glitserin 
3. 6% fenol eritmasi 
4. Kato selofanli qoplagich plastinkasi 
Kato aralashmasi: 6 ml 3% yashil malaxit suvli eritmasi 500ml glitserin, 300 
ml 6% fenol eritmasi. 
Kato plastinkasi: suv o’tkazmaydigan selofandan bo’lib va uni 20-40mm 
kattalikda qirqish lozim. Qirqilgan plastinkalarni bir-birining ustiga qo’yib Kato 
aralashmasiga solib qo’yiladi (3-5ml Kato aralashmasiga 100 ta plastinka). 
24 soat o’tgandan so’ng plastinkalarni laboratoriya ishi uchun ishlatsa bo’ladi. 
Tayyor plastinkalarni og’zi yopiladigan idishda xona haroratida 6 oygacha saqlash 
mumkin. 
Aniqlash usuli: 100 g. najasga suv qo’shmasdan kerak bo’lsa predmet 
oynachasiga boshqa biror bir suyuqlik tomizish yo’li bilan va har bir najasdan 
qo’yib chiqiladi va uning ustidan esa Kato plastinkasi bilan qoplab plastinka 
ustidan yassi rezinka bilan najas oynachaning hamma joyiga bir xil joylashishi 
uchun bosiladi. Tayyor bo’lgan preparatlar xona haroratida tiniqlashgunga qadar 
va undan so’ng mikroskop yordamida har bir preparat ko’zdan kechiriladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin