O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yil davomida kasallanishning yuqori chegarasini



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Yil davomida kasallanishning yuqori chegarasini 
aniqlash uchun har yili 
hisobga olingan kasallanishni minimal (eng kichik) ko’rsatkichlaridan dinamik 
qator tuzish kerak bo’ladi. Agar nol ko’rsatkichlari mavjud bo’lsa, u holda eng 
kichik ko’rsatkich sifatida noldan keyingi ko’rsatkich olinadi. Shundan keyin 
kasallanishning o’rtacha ko’p yillik eng kichik ko’rsatkichini hisoblash kerak 
bo’ladi. Uni quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. 
∑y 
U min = 
n bunda: 
u - kasallanishning eng kichik oylik kursatkichlarining yig’indisi. 


tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar soni. Yil davomidagi kasallanishning 
yuqori chegarasini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Uyuch = U min + Zm, 
bunda 
m - o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. Bu quyidagicha 
aniqlanadi: 
m = √ U min x (100000 – U min) / n 

bunda 
n - tekshirilayotgan davrdagi o’rtacha aholi soni. 
Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xil baholash 
Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xilda baholash uchun tizim tasviri 
(diagramma) dan foydalaniladi. 
Chiziqli qutbiy diagrammaning afzalligi Shundan iboratki uning har bir 
gradusiga (hammasi bo’lib 360°) yilning har bir kuni (365 kun) tahminan to’g’ri 
keladi. Uni chizish uchun, yil davomidagi kasallanishning yuqori chegarasi 
radiusning qiymati qilib olinadi. 
Aylananing yuzi har 30° dan o’tadigan radial chiziqlari orqali 12 ta teng 
bo’lakka bo’linadi va har bir radiusga oylarning tartib raqamlari belgilanadi. 
Mediana ko’rsatkichlariga asosan har oydagi kasallanishning bir xil darajalari 
radial chiziqlarda aylana markazidan ma’lum masofalarda ma’lum nuqtalar bilan 
belgilanadi va Shundan so’ng ular to’g’ri chiziqlar bilan o’zaro tutashtiriladi. 
Xuddi Shuningdek, mediana ko’rsatkichlarining ishonchli yuqori va quyi 
qiymatlari ham belgilab chiqiladi. Bu ikkala chiziqlarning kesishish nuqtalaridan 
faslga bog’liq va birdan paydo bo’ladigan kasallanishlarning boshlanish va 
tugallanish vaqtlari aniqlanadi. 
Aylana tashqarisida qolgan kasallanish darajalari fasliy ko’tarilish davriga, 
aylana ichidagilari esa fasl orasidagi davrga to’g’ri keladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin