Sobiq ittifoq olimlari shigellalarning biokimyoviy va antigen tuzilishi
xususiyatiga qarab 3 ta guruh va mayda guruhchalarga bo’linadi:
I. Mannit manfiylar yoki mannit parchalamovchilar.
1) Grigorev — Shig.
2) Shtucer - Shmitc.
3) Larj - Saks.
4) Provizor shigellalar.
II. Mannit musbatlar yoki mannit parchalovchilar.
1) Fleksner serovarlari 1a, 16, 2a, 2v va x.k.
2) Boyd - Novgorodskiy.
3) Nyukastl.
III. Laktozani sekin parchalovchilar.
1) Zonne.
Ichburug’ kasalligini klinik kechishi o’zining polimorfligi bilan, ya’ni turli
xilligi bilan farqlanadi. Ichburug’da kasallikning og’ir yoki engil kechishi qaysi bir
shigella chaqirganligi, uning virulentligi va makroorganizmning individual
xususiyatlariga bog’liqdir.
O’tkir ichburug’ kasalligining yaqqol belgilaridan biri tez-tez ich ketishidir.
Tez-tez ich ketishi o’choqda epidemik holatni yomonlashuviga olib keladi, chunki
tashqi muhitda shigellalar ko’plab tarqalishiga sabab bo’ladi. Ichburug’ bilan
og’rigan odam kasallikni birinchi belgilari yuzaga chiqqan paytdan boshlab xavfli
hisoblanadi, o’tkir ichburug’da yuqumlilik jarayonining davri 3-5 kunni tashkil
qiladi.
Ko’p yillik kasallanish darajasini tahlil qilgan paytimizda Zonne shigellyozida
epidemik jarayonning siklik yuzaga chiqishi har 3 yilda, Fleksner shigellyozida esa
har 5-9 yilda qaytarilishini ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: