yoshi, kasbi va bu kasalliklar etiologiyasini kasallik tarqalgan hududlarda kuzatib
boriladi.
Bunda faqat salmonellyozlar
bilan kasallanish emas, balki o’tkir yuqumli
ichak kasalliklari bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi.
Odamlardan, hayvonlardan, parrandalardan, atrof muhit predmetlaridan
ajratib olingan salmonellalarning
serologik turlari, fagotiplari, biologik
hususiyatlari va antibiotiklarga nisbatan chidamliligi xossalari haqida uzluksiz
ma’lumotlarga ega bo’lish, bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunday
tahlil
salmonellalarning "gospital" shtammlari paydo bo’lishini aniqlashga yordam
beradi.
Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, ichimlik suvi, sut-qatiq mahsulotlarining
sifati umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya ahvoli haqidagi
ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni laboratoriya tekshiruvlaridan o’tkazib turish,
sog’lom aholini serologik
usullar bilan tekshirib turish, ayniqsa epidemiologik
jihatdan ahamiyatli korxonalarda ishlovchi kishilarni. Aholi migratsiyasi haqidagi,
yangi tashkil bo’lgan
jamoalar haqidagi, boshqa joylardan keltirilgan oziq-ovqat
mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil.
1. Kasallanishning ko’p
yillik dinamikasini, har yillik dinamikasini tahlil
qilish.
2. Salmonellyoz kasalligining har
xil hududlarda, har xil yoshdagi va har xil
ijtimoiy guruhlar o’rtasida tarqalganligini tahlil qilish.
3. Retrospektiv epidemiologik tahlil
natijalarini umumlashtirib,
salmonellyozlarga qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasini asoslab beriladi.
4. Epidemiologik nazoratning boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish
retrospektiv epid.tahlil natijalariga asoslanadi va shu asosda salmonellyozlarga
qarshi kurashish uchun kvartal, yillik va 5 yillik rejalar tuziladi. Shu
rejalarning
bajarilishi ustidan nazorat o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: