O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Shigellyozlarda epidemiologik nazoratni tashkil etish



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Shigellyozlarda epidemiologik nazoratni tashkil etish 
Epidemiologik nazorat shigellyozlarda ham boshqa kasalliklardagi singari 3 ta 
asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat: 
a) Epidemik jarayon va kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash. 
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish. 
v) boshqaruv ishlarini amalga oshirish. 
Epidemik jarayon va kasallanganlar haqidagi axborotlar quyidagilarni 
bajarishni taqozo etadi: 
1. Aholi o’rtasida (bolalar va katta yoshdagi kishilar orasida alohida) shigella 
tashuvchilikni va doimiy ravishda kasallanish darajasini aniqlab turish lozim. 
2. Shigellalar atrof - muhitda oziq-ovqat mahsulotlarida, suvda va boshqa 
ob’ektlarda tarqalganligi ma’lumotlarini to’plash. 
3. Bemorlardan ajratib olingan shigellalarning turlarini aniqlab, antigenlik 
strukturasi va biokimyoviy xossalarini, ya’ni mannit parchalash va 
parchalamasligini yoki laktoza parchalash qobiliyatini hamda antibiotiklarga 
chidamliligini aniqlash lozim. 


Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni uzluksiz va doimiy ravishda to’plash 
uchun epidemiologlar boshqa tibbiyot xodimlari bilan o’zaro hamkorlikda 
ishlashlari kerak. 
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish uchun quyidagilarni bajarish tavsiya 
etiladi: shigellyoz kasalliklarida epidemik o’choqlarni, unda kasallikning kelib 
chiqish sabablarini sinchiklab tekshirish kerak. Kasallikni shigellaning qaysi turi 
chaqirganligiga qarab qaysi omil bu jarayonni rivojlanishida muhim rol o’ynashini 
aniqlash mumkin. 
 
Operativ (tezkorlik bilan o’tkaziladigan) epidemiologik tahlil 
Bu tahlil kasallikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillarni va ularga ta’sir etish 
davrining qachon boshlanganligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Buning uchun 
har kuni haftalik uchragan kasallik-lar darajasini kasallanganlar yoshi, kasbi va bu 
kasallikning kelib chiqishini, kasallik tarqalgan hududlarni kuzatib boriladi. Bunda 
faqat shigellalar bilan kasallanish darajasi ham tahlil qilinadi. Bundan tashqari 
iste’mol qilinadigan oziq-ovqat, suv, sut, qatiq mahsulotlarining sifati, umumiy 
ovqatlanish korxonalarining sanitariya ahvoli haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, 
ularni laboratoriya tekshiruv usullaridan o’tkazib turish. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin