Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan
shaxslarga nisbatan ko’riladigan chora-tadbirlar
1. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar
shifoxonadan chiqarilgandan so’ng kasbidan qatiy nazar birdaniga ishga chiqishga
ruxsat beriladi va yashash joyidagi poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti hamda
Davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazlarida ro’yxatda turadilar.
Ularning har biriga karta tuziladi (f №30a) va uch oy davomida dispanser
nazorati
o’rnatiladi.
2. Dispanser nazorati yuqumli kasalliklar kabineti tomonidan olib boriladi.
Kabinet yo’q bo’lgan hollarda, nazorat terapevtik (pediatrik) bo’lim mudiri
kuzatuvi ostida uchastka vrachi (terapevt, pediatr) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Birinchi oyda najasni bakteriologik tekshirish 10 kunda bir martadan olib
boriladi. Keyinchalik najas bir oyda bir martadan tekshiriladi. Najasni birinchi
marta tekshirishga olish katta yoshdagilar uchun 30 gr., bolalarga yoshiga qarab,
surgidori (magneziy sulfat) berilgandan so’ng amalga oshiriladi.
4. Rekonvalessentlar orasida vibrion
tashuvchilik aniqlansa, ularni davolash
uchun vabo shifoxonalariga gospitalizatsiya qilinadi va shundan so’ng ular ustidan
dispanser nazorati qaytadan tiklanadi.
5. Vabo kasalligini yoki vibrion tashuvchilikni boshidan o’tkazgan shaxslar
to’liq sog’ayib ketganlaridan so’ng hamda dispanser
nazorati davomida vabo
vibrioni ajratilishi yuz bermagandagina dispanser hisobidan o’chiriladilar.
Ro’yxatdan o’chirish poliklinika bosh vrachi, infeksionist va epidemiolog
ishtirokida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: