O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
Axborot uchun ma’lumot 
Vabo o’ta xavfli yuqumli kasalliklar qatoriga kiruvchi o’tkir yuqumli 
kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchisi Vibrio avlodiga vibrionsae oilasiga kiradigan 
vibrio cholerae deb ataluvchi vibriondir. Yashirin davri 1-5 kun (ko’pincha 1-2 
kun), kasallikning klinik ko’rinishi turlicha bo’lib, belgilarsiz kechuvchi vibrion 
tashuvchilikdan to, keskin suvsizlanish va hayotiy muhim organlar faoliyati 
buzilishi bilan ifodalanadigan og’ir holatlar bilan kechishi mumkin. Hozirga kelib 
vaboning 7 ta pandemiyasi qayd etilgan. JSST prognozi bo’yicha vaboning 8-chi 
pandemiyasi ham boshlangan. Shu jumladan O’zbekistonda ham endemik 
o’choqlar yuzaga keldi. 
Vabo vibrioni odam organizmiga og’iz orqali, ifloslangan suv yoki oziq-ovqat 
mahsulotlari orqali kelib tushadi. Vabo kasalligi kechishining oxirgi darajasi, 
vibrion virulentligiga, organizmga tushgan miqdoriga va organizmning 
qo’zg’atuvchiga nisbatan moyilligiga bog’liqdir. Vibrionning yuqish miqdori 
yuqori bo’lib, me’daning barerlik faoliyatida bu ko’rsatkich 10 dan 100 
milliardgacha mikrob soniga teng bo’lishi mumkin, me’da shirasi kislotalik 
ko’rsatkichining pasayib ketishi, me’da shirasi ishlab chiqarilishining bir xilda 
bo’lmasligi va kuchaygan peristaltika bilan kechuvchi oshqozon-ichak trakti 
kasalliklarida: spirtli ichimliklarni suistemol qilish natijasida, me’da 
rezeksiyasidan so’ng mikroblarning oshqozondan halokatga uchramasdan hayot 
faoliyati saqlangan holda ingichka ichakka o’tish ehtimolligi keskin ortadi. Bunday 
bemorlar uchun vibrion yuqish dozasi yuz ming martabagacha kamayadi va bir 
million mikrob soniga yaqin bo’ladi. Bunday shaxslar boshqalarga nisbatan vabo 
bilan ko’proq kasallanishadi va ularda kasallik og’irroq o’tadi. 
Ingichka ichak distal bo’limiga tushgan vibrionlar shilliq qavatga yopishib 
olib (adgeziya) tezda ko’payishadi va ko’p miqdorda vabo toksini hosil qiladi. 
Vabo enterotoksini (xolerogen) organizmning suvsizlanish - degidratatsiyasi va 
elektrolitlar balansi buzilishiga olib keluvchi o’tkir diareya rivojlanishiga sabab 
bo’ladi. Epidemik zonalardan tashqaridagi ayrim mamlakatlarda ikkilamchi 
o’choqlarning shakllanishi El-Tor vibrionining klassik vabo qo’zg’atuvchisidan 
farq qilib, faqat tropik mamlakatlardagina emas, Shu bilan birga subkontinental va 
kontinental iqlim sharoitida ham tashqi muhit ob’ektlarida uzoq vaqt saqlana olishi 
va tez ko’paya olish xususiyati bilan tuShuntiriladi. 
Hozirgi zamon mualliflari Hindiston va Pokistonda El-Tor vabosi tarqalishiga 
bu yerdagi har xil suv havzalarining zararsizlantirilmasligi xavfsiz suv 


manbalaridan olinuvchi suv bilan ta’minlanganligini sabab deb, 
Gromashevskiyning o’z - vaqtida «vabo vibrionlari iflos suvlardan foydalanganda 
yuqadi» - deb aytgan fikrini tasdiqlashmoqda. Vaboning epidemiologik xususiyati 
ko’p tomondan qo’zg’atuvchining o’zgaruvchanligi va ekologiyaga asoslangan. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin