O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

 
 


MAVZU 15. A GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: 
A gepatitning epidemiologiyasini, etiologiyasini, profilaktikasini hamda 
epidemiologik nazoratini o’rganish. 
2. O’qish joyi va vaqti: 
4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil 
ish kafedrada o’tkaziladi. 
3. Talabalar quyidagilarni bilishi shart: 
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va A gepatitning tasnifiy ahamiyati
endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini. 
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmlari va omillarini. 
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlarini. 
3..4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini. 
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni. 
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma: 
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini va xavfli omillarini tahlil 
qila bilishi kerak. 
4.2. Epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil eta olishlari zarur.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
5.1. Kirish. 
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazi bilimlarini muhokama qilish. 
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish. 
5.4. A gepatitga chalingan bemorlarning epidemiologik ahamiyati, 
profilaktikasi. 
6. Talabalar mustaqil ishi: 
A gepatitga qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish. 
Axborot uchun ma’lumot 
A gepatiti - antroponoz, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, keng tarqalgan 
virusli kasallikdir. 
Etiologiyasi. A gepatit virusi (AGV) o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar 
turiga (enterovirus 72), pikornaviruslar oilasiga mansubdir, diametri 27 nm. A 
gepatitning virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona 
antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega. 
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga 
chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi. 
Ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin. 
Boshqa enteroviruslarga nisbatan xlor ta’siriga ham chidamli. Erkin xlor 
konsentratsiyasi 0,5-1,5 M1/l bo’lgan (rN 7,0) eritmada 1 soat mobaynida saqlash 
natijasida virusning to’liq zararsizlanishi kuzatilmaydi. Bu holat suv tozalash 
inshootlari to’siqlari orqali virusning vodoprovod tarmog’iga tushib qolishini 
ta’minlaydi. A gepatit virusi inson uchun odatdan tashqari yuqori patogenlik 


xususiyatiga ega. Kasallikni yuqtirish, keltirib chiqarish uchun kam miqdordagi 
viruslar kifoyadir. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin