3. Vabo o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish
ustidan
umumiy rahbarlik va nazorat qilish viloyat, shahar yoki tuman FEKK tomonidan
amalga oshiriladi.
4. FEKK tibbiy shtabi barcha xizmatlar xodimlari orqali bevosita vaboga
qarshi chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi.
5. O’choqni cheklash va bartaraf qilish ishlari epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlar operativ ish rejasi asosida olib boriladi.
6. Operativ reja ma’muriy hudud tibbiy
xizmati tomonidan, manfaatdor
tashkilotlar, korxonalar, muassasalar ishtirokida ishlab chiqiladi va davolash,
epidemiyaga qarshi kurashish, profilaktik, laboratoriya, ma’muriy-xo’jalik,
shuningdek o’choqni tugatishga qaratilgan boshqa xizmatlar faoliyatini
ta’minlashning aniq chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu jumladan:
- maslahatchilar (konsultant) guruhini aniqlash;
- zaruriy asbob-uskuna (jihoz) bilan ta’minlash
tartibi va hisobi;
- epidemiologik vaziyat to’g’risida ma’lumot berish tartibi;
- yakka-yakka yoki ommaviy kasallanish yuz bergan holatlarda gospital va
laboratoriya bazalari imkoniyatini aniqlash hamda ularni tashkil qilishning tartibi
va ta’minoti;
- qo’shimcha transport ajratish va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
- bemorlarni aniqlash va gospitalizatsiya qilish;
- muloqotda bo’lganlarni alohidalash;
- o’choqda dezinfeksiya ishlarini bajarish;
- FEKK (favqulotda epidemiyaga qarshi komissiya)
ishini takomillashtirish;
- o’choqni epidemiologik tekshirish;
- o’lganlarni qidirib topish va ularni ko’mish;
- karantin chora-tadbirlar;
- bemorlarni davolash;
- muloqotda bo’lganlarga nisbatan shoshilinch profilaktika o’tkazish;
- yakuniy
dezinfeksiya;
- sanitariya maorifi ishlari;
- dispanser nazorati;
- maxsus laboratoriyalar tashkil qilish;
- harakatdagi (ko’chma) epidemiologik guruhlar tuzish;
Dostları ilə paylaş: