O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish 
va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni alohidalash 
1. Vabo bilan kasallanganlarni va vibrion tashuvchilarni shifoxonaga 
gospitalizatsiya qilishni tez tibbiy yordam stansiyalarining bo’limlari o’z 
avtotransporti bilan amalga oshiradi. Bunda vrach yoki o’rta tibbiyot xodimi va 
sanitardan tashkil topgan evakuatorlar brigadasi tuziladi. Suvsizlanishi III va IV 
darajadagi bemorlarni reanimatsion brigadalar maxsus jihozlangan transportda 
gospitalizatsiya qiladilar. 
2. Vabo bilan kasallanganlarni gospitalizatsiya qilishga mo’ljallangan 
transport regidratatsion sistemalar bilan, bemor ajratmalari (chiqitlari) yig’iladigan 


idish bilan, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish) vositalari bilan, dezinfeksiyalovchi 
vositalarga mo’ljallangan idish bilan, gidropult, bemor ostiga yoziluvchi klyonka
lattalar bilan jihozlangan bo’lmog’i lozim. 
Bemorlarni transportirovka qilish vaqtida qo’llanilgan transport joriy 
dezinfeksiya qilinadi. 
3. Vabo bilan og’rigan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar tez tibbiy 
yordam ko’rsatish stansiyasi yoki yuqumli kasallik bilan kasallangan bemorlarni 
tashish xizmati tomonidan ajratilgan, maxsus transportda o’rta tibbiyot xodimi 
kuzatuvi ostida izolyatorga yuboriladi. 
4. Evakuatsiya brigada xodimlari xirurgik xalat, pijama, boshiga shapkacha 
yoki kosinka (uch burchak ro’mol) kiyib olgan bo’lishi kerak. Evakotransportda 
xizmat qiluvchi xodim smena tugagandan so’ng sanitariya ishlov berishdan 
(tozalash) o’tishi kerak. 
5. Bemorlarni yoki vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilingach 
muloqotda bo’lganlar alohida joylangandan so’ng davolash muassasalari yoki 
evakobrigada kuchi bilan shifoxona hududidagi maxsus ajratilgan maydonchada 
transport yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Transportga ishlov berish uchun jihozlar 
(gidropult yoki avtomaks, qop, zambil, parvarish qilish buyumlarini alohida 
tozalash uchun latta va idish) ajratiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin