MAVZU 16. B
GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
В gepatitning etiologiyasini,
epidemiologiyasini, profilaktikasini,
epidemiologik nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish.
Amaliy mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning
umumiy tavsifi, endemik holati va aholining kasallanish
darajasini.
3.2. Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi va omillari.
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlari.
3.4. Profilaktik tadbirlar va ularning samaradorligi.
3.5. Epidemiologik tahlilni.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayon rivojlanishiga ta’sir etuvchi xavfli omillar,
aholi guruhlari, vaqt hamda joylarni tahlil eta olishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. O’tkir va surunkali B gepatit bemorlari hamda virus tashuvchilarining
epidemiologik ahamiyati.
5.5. Qo’zg’atuvchining
yuqish mexanizmi, yo’llari va omillarini muhokama
etish.
5.6. Profilatikasi.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
Tibbiy anjomlarning sterilizatsiyadan oldingi ishlovi va sterilizatsiyasi sifatini
tekshirish usullarini o’rganish.
Axborot uchun ma’lumot
B gepatiti - antroponoz, tabiiy va sun’iy parenteral yo’llar
bilan yuqadigan,
keng tarqalgan virusli kasallikdir.
Etiologiyasi.
B gepatit virusi (VGV) gepadnoviruslar oilasiga mansub
tarkibida DNK, DNK-polimeraza fermenti, 4 ta o’ziga xos antigeni mavjud. Sferik
shaklda, diametri 42 nm. Virus tashqi muhit ta’sirotlariga odatdan
tashqari
chidamlidir. Infeksion jarayon davomida mazkur antigenlarga nisbatan tegishli
antitelolar paydo bo’ladi. Organizmda B gepatit infeksiyasining
turli serologik
markerlari paydo bo’lishi va yo’qolishi dinamikasi infeksion jarayon kechishini,
uning bosqichlarini aks ettiruvchi indikator bo’lib
xizmat qiladi hamda tipik
(asoratsiz) o’tkir bosqichda va surunkali shaklda turlicha serologik manzara
kuzatiladi.
Virus qobig’ini glikoprotein - virusning sirtqi antigeni –
HBsAg
tashkil etadi.
Infeksion jarayon o’tkir bosqichida infeksiya yuqqanidan 1-2 hafta o’tgach
HBsAg
paydo bo’ladi va qon tarkibida bir necha haftadan bir necha oygacha
sirkulyatsiya qilib turadi. Uning mavjudligi bemorning yuqumliligidan guvohlik
beradi, lekin infeksiya o’tkir shaklini surunkali shakldan
farqlash imkonini
bermaydi. Odatda organizmning
Dostları ilə paylaş: