O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


HBsAg xizmat qiladi, chunki bu antigenga qarshi  antitelolar protektiv xususiyatga egadir.  HBsAg



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

HBsAg
xizmat qiladi, chunki bu antigenga qarshi 
antitelolar protektiv xususiyatga egadir. 
HBsAg
virus tashuvchi donorlar 
plazmasidan yoki gen injenerlik usulida olinishi mumkin. Hozirgi vaqtda, asosan, 
HBsAg
olish uchun rekombinant achitqi shtammlari va sut emizuvchilar 
xujayralaridan foydalaniladi. Rekombinant vaksinalar o’z tarkibida viruslarni 
saqlamaydi. Ular tozalangan antigenni alyuminiy gidrookisda shimdirilib va 
timerosalga konservaciya qilinib tayyorlanadi. Vaksinatsiya samaradorligi 95-
100% deb baholanadi. Hattoki,chaqaloqlarga tug’ilgan zaxotiyoq vaksinatsiya 
qilinganida ham yuqori immunogenlik va samaradorlik kuzatiladi. Ushbu 
vaksinaning onadan olingan antitelolalar, B gepatitga qarshi immunoglobulin 
tarkibidagi antitelolar va bolalarga hayotining dastlabki oylarida odatda 
qo’llaniladigan boshqa vaksinalar bilan interferensiyasi kuzatilmaydi. Shu 
xususiyatlari tufayli vaksina bolalarni rejali emlash universal taqvimiga kiritishga 
yaroqlidir. Amaldagi emlash taqvimiga ko’ra respublikamizda B gepatitiga qarshi 
vaksinatsiya bolaning tug’ilishi bilan (1 sutkada), 2 va 6 oyliklarida o’tkaziladi. 
Xatarli guruhlarga mansub kishilar ham, avvalo tibbiyot xodimlari va tibbiyot 
bilim yurtlari talabalari B gepatitga qarshi emlanishi shart. Katta yoshdagilarga 
ham emlash 3 marta o’tkazilib, birinchi va ikkinchi emlash orasidagi muddat 1 
oyni, ikkinchi va uchinchi emlash orasidagi muddat esa 

6 oyni tashkil etadi. 
Vaksinani katta kishilar va katta yoshli bolalar deltasimon mushagi orasiga, 
chaqaloqlar va kichik yoshli bolalarga esa sonning oldingi lateral qismiga yuborish 
zarur. Deltasimon mushakka yuborish uchun 25-37,5 mm uzunlikdagi, songa 
yuborish uchun 20-25 mm uzunlikdagi igna ishlatiladi. Vaksinani teri orasiga 
yuborish tavsiya qilinmaydi. B gepatitga qarshi vaksina ±2°Cdan ±8°C gacha 
haroratda saqlanishi zarur. Muzlatish mumkin emas, chunki bu vaksinaning 
samaradorligini pasaytiradi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin