O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


HBsAg ga  tekshirilmagan yoki  HBsAg



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

HBsAg
ga 
tekshirilmagan yoki 
HBsAg
aniqlangan qonni quymaslik, donordan qon olish va 
retsipientlarga quyishda faqatgina bir martalik sistemalardan foydalanish; teri va 
shilliq qavatlar butunligi buzilishiga sabab bo’luvchi, shillik, qavatlarga teguvchi, 
infeksiya qilinadigan dori-darmonlarga teguvchi barcha anjomlar uskunalar, 
ularning detallari tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq mexanik tozalanishi, 
dezinfeksiya, sterilizatsiya qilinishlari darkor. Har bir muolaja uchun alohida steril 
anjom ishlatilishi zarur. Faqatgina ignasini almashtirib shprislardan qayta 
foydalanish ta’qiqlanadi. Barmoqlardan qon olishda har bir bemor uchun alohida 
skarifikator va mikropipetka qo’llaniladi. Bir martalik anjomlari (shpris, ignalar va 
hokazo) yo’q qilinishidan oldin deformatsiyaga uchratilishi va dezinfeksiyalovchi 
vositalar yordamida zararsizlantirilishi zarur. 
Gemodializ va ekstrakorporal qon aylanish bo’limlarida apparatlar individual 
yoki muayan guruhdagi bemorlarga biriktirilishi kerak. O’tkir va surunkali B 
gepatit bemorlari, 
HBsAg
"tashuvchilari" uchun albatta individual apparatlar 
qo’llaniladi. Har bir gemodializdan keyin o’rin-to’shak almashtiriladi. 
B gepatit virusining biologik suyuqliklar va ajratmalarda mavjudligi hamda 
tashqi muhit ta’sirotlariga etarlicha chidamliligi muolaja o’tkaziladigan 
xonalarning virus bilan yuqori darajadagi kontaminatsiyasiga sabab bo’lishi 
mumkin. 
Muolaja xonasida pol, ish stoli, apparatlar yuzasi dezinfeksiyalovchi vositalar 
bilan vaqti-vaqtida va ish kuni oxirida zararsizlantirilishi, qon tomganida tezgina 
3% xloraminli tamponda artib olinishi darkor. Muolaja xonalari albatta bakterisid 
lampasi bilan ta’minlanishi zarur. Undan maxsus jadval asosida foydalaniladi. 
Tibbiyot xodimlari ish jarayonida autoinokulyatsiya natijasida o’zlariga 
infeksiya yuqib qolishining oldini olishlari kerak. Qon tegishiga sabab bo’luvchi 
barcha muolajalar, tibbiy anjomlar, pipetka va laboratoriya idishlarini qismlarga 
ajratish, yuvish, chayish, rezina qo’lqop kiyib bajariladi. Qon sachrash ehtimolligi 
mavjud bo’lsa niqob taqiladi. Har bir muolajadan keyin qo’l iliq suvda 2 marta 
sovunlab yuviladi va individual sochiqda artiladi. Qo’lni yuvishda tez-tez 
dezinfektantlarni va qattiq cho’tkalarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Qon va zardob 
bilan ishlashda rezina nokli yoki avtomatik pipetkalardan foydalaniladi, og’iz bilan 
so’rib tortish mumkin emas. Qo’l qon bilan ifloslanganida shu zahotiyoq 1% 
xloraminli tamponda artilib ikki marta sovunlab yuviladi. 
Laboratoriyaga qonni yuborishda yo’llanmani probirka ichiga joylashtirish 
qatiyan taqiqlanadi. Uni probirka sirtiga elimlash shart. 


Shuningdek, kosmetik kabinetlar, sartaroshxonalar asbob-anjomlari (ustara, 
manikyur to’plamlari va hokazolar) ham sifatli tarzda zararsizlantirilishi talab 
qilinadi. 
B gepatitga nisbatan maxsus profilaktika - ommaviy vaksinatsiyaning yo’lga 
qo’yilishi epidemik jarayon jadalligiga ta’sir etuvchi jiddiy omil bo’lib xizmat 
qiladi. Vaksinaning asosi bo’lib 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin