O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Epidemiologik nazorati. 
Epidemik jarayon holati va rivojlanish 
tendensiyasini dinamik baholash, kasallanishni va epidemiologik ahamiyatli 
ob’ektlar holatini tahlil etish aholi o’rtasida B gepatit bilan kasallanishni 
kamaytirish hamda xatarli guruhlar o’rtasida kasallikni oldini olish maqsadida 
o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ularni tashkil etish yo’llarini tanlash 
va ilmiy asoslash imkonini beradi. 
Profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligi, samaradorligi, infeksiya manbai, 
yuqish joyi va asosiy yuqish yo’llarini aniqlash imkonini beradigan kasallanishni 
retrospektiv va operativ epidemiologik tahlili sifati bilan belgilanadi. 
Retrospektiv tahlil uchun infeksiya tarqalganligini xarakterlovchi 10-15 yillik 
ma’lumot va epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holati haqidagi ma’lumotlar zarur. 
Har bir xatarli omilning ahamiyatliligini baholash uchun bemorlarni yosh
ijtimoiy-kasbiy tarkib va boshqa qo’shimcha belgilar (donorlar, retsipientlar, 1 
yoshgacha bolalar, surunkali bemorlar, homiladorlar, tibbiyot xodimlari va 


boshqalar) bo’yicha tahlil etiladi. Tahlil jarayonida o’tkir va surunkali B gepatit 
bemorlari bilan birga 
HBsAg
"tashuvchilari" ham inobatga olinishi zarur. 
Xatarli omillar bilan epidemik jarayon jadalligi o’rtasidagi sabab-oqibat 
bog’lanishlarini aniqlash maqsadida kasallanishni tahlil etish natijalari davolash-
profilaktika muassasasining moddiy-texnik ta’minoti, epidemiyaga qarshi tartib-
talablarining bajarilishi sifati, tibbiyot xodimlari tomonidan dezinfeksiya
sterilizatsiyadan oldingi ishlov va sterilizatsiya hamda tibbiy anjomlardan 
foydalanish tartiblariga amal qilinishi haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. 
O’tkazilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligini baholash 
aholi va uning ayrim qatlamlari o’rtasida ko’p yillik kasallanish ko’rsatkichlari, 
tendensiyasini tahlil etib amalga oshiriladi. 
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalaridan muammoviy, mavzuiy reja 
tuzishda foydalaniladi. 
B gepatit bilan kasallanishning operativ epidemiologik tahlili asosiy ikkita 
maqsadni ko’zda tutadi: 
Epidemik jarayon omillari o’zgarishlarini o’z vaqtida aniqlash va baholash
ularni noxush ta’sirlarini oldini olish; 
Epidemik jarayon faollaShuvini tezda ilg’ab olish, uning sabablarini aniqlash 
va bartaraf etish. 
Operativ tahlilni joriy haftalik kasallanish darajasini "me’yoriy" (nazorat) 
daraja bilan taqqoslab, amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
O’tkir va surunkali V gepatit bemorlarining klinik-laboratoriya diagnostikasi, 
hisob-kitobining o’z vaqtidaligi, to’liqligi, donorlarni tanlash sifati, qon quyish 
muassasalarining epidemiyaga qarshi tartibi, xavfli guruhdagilar, homiladorlarni 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin