O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


HBsAg mavjudligiga tekshiriladi. Ayolni tug’ruqxonaga yuborishda yo’llanmasiga  (almashinuv kartasiga)  HVsAg



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

HBsAg
mavjudligiga tekshiriladi. Ayolni tug’ruqxonaga yuborishda yo’llanmasiga 
(almashinuv kartasiga) 
HVsAg
ga tekshirilgan vaqti, uning natijalari qayd etiladi. 
O’tkir B gepatitga chalingan homiladorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, 
surunkali B gepatitga chalingan bemorlar va 
HBsAg
"tashuvchilari" esa, doyalik 
yordami ko’rsatilishi uchun maxsus bo’limiga (palatasiga) yotqizilib, tegishli 
epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshirishlari darkor. 
Xatarli guruhlarga mansub kontingentlarda infeksiya yuqqanligini o’z vaqtida 
aniqlash maqsadida, tegishli tibbiyot xodimlari ishga joylashishi oldidan va yiliga 
1 marta; uzoq davolanuvchi bemorlar (onkologiya, gemotologik, psixonevrologik, 
sil va boshqalar) va gemodializ, torakal jarrohlik bemorlari shifoxonada bo’lish 
davomida kvartalda 1 marta; narkologik, teri-tanosil dispanserlari kontingentlari 
hisobga olinganida va yiliga 1 marta; bolalarning yopiq muassasalari 
tarbiyalanuvchilari qabul qilish oldidan 
HBsAg
mavjudligiga tekshirilib boriladi. 
O’tkir B gepatiti bilan hisobga olingan kishilarning ambulatoriya kartalari 
qizil uchburchak, surunkali B gepatiti va 
HBsAg
"tashuvchilarning" tibbiy 
hujjatlari (ambulatoriya kartasi, almashinuv kartasi va hokazolar) qizil kvadrat 
bilan markirovka qilinadi. 
B gepatitiga nisbatan o’tkaziladigan profilaktik tadbirlar o’rtasida 
qo’zg’atuvchining tabiiy va sun’iy yuqish yo’llarini bartaraf etishga qaratilgan 
tadbirlar alohida ahamiyatga egadir. 
Tabiiy yuqish yo’llarini bartaraf etish sanitariya-gigiyenik tadbirlari va 
sog’lom turmush tarzini qaror toptirish natijasida ta’minlanishi mumkin. Shaxsiy 
gigiyena buyumlarini (ustara, tish cho’tkasi, kosmetik anjomlari, mochalka va 
boshqalar) individuallash va alohida saqlash, gigiyenik qoida-me’yorlariga amal 
qilish, turmushdagi hamda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishning oldini olish, qon 


so’ruvchi hasharotlar bilan kurashish zarur. Jamiyatdagi fohishalik, nikohsiz jinsiy 
hayot kechirish, gomoseksualizm kabi zararli odatlarni yo’qotish, mexanik 
kontratsepsiya vositalarini qo’llash orqali jinsiy yo’l bilan infeksiya yuqishi 
bartaraf etiladi. 
Vertikal mexanizm bilan virus yuqishining oldini olish masalasi hal 
etilmasdan qolmoqda. 
Sun’iy yuqish yo’llarining oldini olish uchun gemotransfuziyalarni imkoniyat 
darajasida kamaytirish, autotransfuziyani kengroq tadbiq etish, 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin