O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Moyillik. 
B gepatitiga nisbatan aholi moyilligi umumiy, ya’ni organizmida 
shu kasallikka nisbatan (maxsus) immuniteti bo’lmagan barcha shaxslar moyildir. 
Immunitet esa o’tkir B gepatit asoratsiz intihosiga yetganida (postinfeksion 
immunitet) va unga qarshi emlash natijasida (postvaksional immunitet) paydo 
bo’ladi. V gepatit bilan og’rib o’tganlarning qayta kasallanishi juda kam kuzatiladi. 
Epidemik jarayon ko’rinishlari. 
B gepatit infeksiyasining epidemik 
jarayoni quyidagi ko’rinishlar bilan xarakterlanadi: 
- barcha joyda tarqalganlik va notekis hududiy taqsimlanish; 
- ko’p yillik dinamikada o’sish tendensiyasi
- aholining turli yosh va ijtimoiy 

kasbiy guruhlarning turlicha 
zararlanganligi; 
- surunkali infeksiyaga chalinganlar atrofida yakka o’choqlik shakllanishi
- tibbiyot muassasalarida infeksiya yuqishining yuqoriligi; 
B gepatit infeksiyasi barcha joylarda uchraydi, lekin uning tarqalish 
darajasida hududiy tafovut yaqqol ko’zga tashlanadi. Muayyan joydagi epidemik 
jarayon jadalligi haqida kasallanish ko’rsatkichlari aholi o’rtasida 
HBsAg
va 
tegishli antitelolarni aniqlash darajasiga qarab xulosa chiqariladi. Shularga 
asoslanib yer yuzi uchta zonaga - B gepatit bo’yicha yuqori, o’rtacha va past 
epidemiklikdagi hududlarga ajratiladi. 
Yuqori epidemiklikdagi hududlarda (Janubiy -Sharqiy Osiyo, Janubiy Afrika, 
Amazonka daryosi basseyni, Markaziy Osiyo, ayrim O’rta Sharq va Sharqiy 
Evropa mamlakatlari) anamnestik yoki hozir kechayotgan B gepatit infeksiyasi 
serologik markerlar 70-90%, jumladan 
HBsAg
tashuvchiligi 8-20% aholida 
aniqlanadi. 


O’rta Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim Janubiy va Sharqiy Evropa 
endemiklikdagi o’rtacha hudud bo’lib, serologik markerlar aniqlanishi 20-55%, 
HBsAg 
tashuvchilik 2-7%ni tashkil etadi. 
Past endemiklikdagi hududlarga Shimoliy Amerika, G’arbiy va Shimoliy 
Evropa, Avstraliya va qisman Janubiy Amerika mansub bo’lib, bu erlarda 
serologik markerlar 20%,
HBsAg
2% aholida aniqlanadi. 
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida o’tkir va surunkali B gepatit bilan 
kasallanishning ko’p yillik dinamikasida o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Surunkali B gepatit o’sish tendensiyasi surunkali bemorlar to’planib borish 
jarayonini aks ettiradi. 
Aholining ayrim qatlamlari, yosh, ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida sun’iy 
yoki tabiiy yuqish yo’llarining faol ta’sir etib turishi xatarli guruhlar shakllanishiga 
sabab bo’ladi. 
Infeksiyaning sun’iy yuqish xavfi retsipientlar, turli parenteral tibbiy 
muolajalarni ko’plab qabul qiluvchi o’tkir va surunkali bemorlar, giyohvandlarda 
yuqoridir. O’z kasb-koriga ko’ra ko’pgina tibbiyot xodimlari xatarli guruhga 
mansub. 
Virus-tashuvchi onalardan tug’ilgan chaqaloqlar, bolalarning yopiq 
muassasalari tarbiyalanuvchilari, fohishalar va surunkali B gepatit infeksiyasi 
o’chog’ida yashovchilar kasallikni tabiiy yuqtirish nuqtai nazaridan xatarli guruhga 
kiritiladi. 
Surunkali infeksiyaga chalingan bemorlar atrofidagi barcha oila a’zolari 
epidemik jarayonga jalb etilib, kuchli va uzoq saqlanib qoluvchi oilaviy epidemik 
o’choq shakllanishi mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin