O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/173
tarix14.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#155062
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173
Mirtazaev O.M. Epidemiologiya

Axborot uchun ma’lumot 
Qizamiq - yuqori nafas yo’llari shilliq qavatlarining yallig’lanishi, umumiy 
intoksikatsiya, dog’simon-papulez toshmalar bilan kechadigan va havo-tomchi 
yo’li orqali yuqadigan o’tkir yuqumli kasallikdir. 
Yer kurrasida har yili 50-60 mln, atrofida qizamiq bilan kasallanish holatlari 
qayd qilinadi. Qizamiq qo’zg’atuvchisi bo’lib RNK tutuvchi miksovirus 
(Morbillivirus) hisoblanadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh yorug’ligi 
ta’sirida 10 minut ichida 90 % faolligini yo’qotadi, tarqoq quyosh nuri ta’sirida 21-
40 soat ichida 90-99 % faolligini yo’qotadi. Quritilganda tezda nobud bo’ladi. 
Odam, maymun, itlar, dengiz cho’chqalarining buyrak to’qimalari kulturasida, 
Shuningdek, tovuq fibroblastlarida va yapon bedanalarida yaxshi o’sadi. 


Epidemiologiyasi 
Infeksiya manbai bo’lib bemor odam hisoblanadi. Bemor prodromal davrning 
boshida (toshmalar toshishidan 3-4 kun ilgari) va toshma toshishining birinchi 4 
kunlarida yuqumli hisoblanadi. Shunday qilib bemor 7-8 kun davomida yuqumli 
bo’ladi. Qo’zg’atuvchini tashuvchilik bu kasallikda bo’lmaydi. Inkubatsion davr 8 
kundan 17 kungacha cho’ziladi, ko’pincha esa 9-10 kunni tashkil qiladi. 
Qo’zg’atuvchi bemor odam yo’talganda va aksa urganda shilliq tomchilari 
orqali havoga ajratiladi va shu tariqa sog’lom odamga yuqishi mumkin. Kasallik 
kamdan-kam hollarda chang orqali, shuningdek ifloslangan buyumlar (so’rg’ichlar, 
idish-tovoq va hokazo) orqali ham yuqishi mumkin. Kasallikning yuqishi asosan 
yopiq joylarda bemorlar bilan uchrashish natijasida sodir bo’ladi (xonada, 
xonadonda, bolalar shifoxonasi, palatalar, qabul ambulatoriyalari, vagon yoki 
jamoat transportida va h.k.). Bemor bo’lgan xonaning yuqumlilik xavfliligi yarim 
soatgacha saqlanib qolishi mumkin. Qizamiq bilan kasallanishning 85 % 7 
yoshgacha bo’lgan bolalar ulushiga to’g’ri keladi, bu kasallikka barcha yoshdagilar 
moyil, faqat 5-6 oylik chaqaloqlar deyarli qizamiq bilan kasallanmaydilar. 
Kasallikdan keyin umrining oxirigacha turg’un immunitet qoladi. Qizamiqning 
epidemik jarayoni aholining immunologik tarkibi bilan boshqariladi. O’tkazilgan 
tekshiruvlar natijalariga ko’ra (B.I.Niyazmatov, 1995) 40 % moyil aholi 
bo’lgandagina epidemiyaning yuzaga kelishiga sharoit yaratilar ekan. Bu 
ko’rsatkich 20 %ga tushsagina epidemiya to’xtashi mumkin ekan. Qizamiq bilan 
kasallanishning mavsumiyligi yilning qish-bahor oylariga to’g’ri keladi. Eng 
yuqori ko’rsatkichlar dekabr-may oylariga to’g’ri kelgan. Iyun-sentyabr oylarida 
ham kasallanish kuzatilgan. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin