MAVZU 13. SHIGELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORAT
1. Mashg’ulotning maqsadi: shigellyozlarda epidemik jarayon rivojlanish
mexanizmi va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni
tashkil etish.
2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulot 6 soat, mustaqil ish 2 soat.
3. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
3.1.Kasallikning umumiy tavsifi, aholining kasallanish darajasi;
3.2. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi;
Z.Z. epidemiyaga qarshi chora - tadbirlar tizimi;
3.4. epidemiologik diagnozning o’ziga xos xususiyati;
3.5. epidemiologik nazoratni tashkil etish.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
4.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi;
4.2. epidemik jarayonni rivojlanish mexanizmini tahlil qilish;
4.3. epidemik jarayonning yuzaga chiqaruvchi omillari va shart -sharoitlarini
ocha bilishi.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish: mashg’ulotning maqsadini tuShuntirib berish;
5.2. talabalarda Shu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni aniqlash;
5.3. axborot uchun tavsiya etilgan materiallarni muhokama qilish;
5.4. shigellyozlar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni muhokama qilish;
5.5. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli;
5.6. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish;
6.2. shigellyozlar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalar yechish.
7. Adabiyotlar:
- Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya (1989 y);
- Shlyaxov E.N. Amaliy epidemiologiya (1985 y.);
- Epidemiologiya kafedrasi amaliy qo’llanmasi;
- SSV 1994 y. 15.06.da tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi hududida
o’tkir yuqumli ichak kasalliklari profilaktikasini takomilashtirish choralari"
haqidagi 275-sonli buyruq.