Bemorlar va bakteriya tashuvchilarni aniqlash va ro’yxatga olishga
qaratilgan chora-tadbirlar. O’choqda o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlar
Bemorlarni aniqlash uchun quyidagilarni bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish
kerak:
- etiologiyasi noma’lum O’IYUK bilan kasallangan barcha bemorlar.
- "Salmonellyoz", "ovqatdan zaharlanish" diagnozi qo’yilgan bemorlar.
- Oxirgi 3 hafta mobaynida ichak buzilishi bilan shifoxonaga yotqizilgan
bolalar va ularga qaraydigan shaxslar kamida 3 kun davomida tekshiriladi.
Tana harorati ko’tarilganda alohida xonaga qo’yiladi, infeksionist tomonidan
tekshiriladi va yuqumli kasalliklar bo’limiga o’tkaziladi.
Bakteriya tashuvchilarni aniqlash uchun profilaktik maqsadda quyidagilar
bakteriologik tekshiriladi: bolalarni, davolash muassasalarini, oziq-ovqat sanoati,
umumiy ovqatlanish va sotuv korxonalarida, suv bilan ta’minlash korxonalariga
birinchi marta ishga kiruvchi shaxslar va ularga tenglashtirilgan kontingentlar
tekshiriladi.
Epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha quyidagi shaxslar tekshiriladi.
141
- infeksiya manbai sifatida taxmin qilingan oziq-ovqat korxonalarida
ishlaydigan shaxslar va ularga tenglashtirilgan kontingentlar;
- salmonellyoz o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar.
Oziq-ovqat korxonasi xodimlari shifoxonadan klinik sog’aygandan va najasi 3
marotaba bakteriologik tekshirilgandan so’ng javob beriladi.
Birinchi tekshiruv davolash kursi tugagach 3 kun o’tgandan so’ng, keyingilari
1 kun oraliq bilan olib boriladi.
Shifoxonadan javob berilgandan so’ng salmonella ajratmaydigan shaxslarga
ishlashga ruxsat beriladi. Salmonellalarni ajratishni davom ettirayotgan shaxslar
boshqatdan davolanadi va ularni 3 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tishlari
shart. Salmonellalarni ajratayotgan shaxslarni shifoxonadan javob berilgandan
so’ng 15 kunga ishdan chetlashtiriladi va epidemiologik jihatdan xavfli bo’lmagan
ishga joylashtiriladi, bu davrda 3 marotaba najasini tekshirishdan o’tkaziladi. Agar
yana natija musbat (+) bo’lsa, tekshirish shu tartibda 15 kun davomida
takrorlanadi.
Agar S. typhimurium taShuvchanligi 3 oydan ko’pligi aniqlansa, bu shaxslar
salmonellalarni surunkali tashuvchi sifatida o’z ishlaridan kamida 1 yilga
chetlashtiriladi.
1 yildan so’ng ularning najasi 3 marta va 1 marta o’t suyuqligi tekshiriladi, bu
shaxslarda tekshirish natijalari manfiy (-) chiqsa, o’z ishlariga qo’yiladi. Bir yildan
so’ng tekshirish davomida 1 marotaba musbat natija chiqsa, bu shaxslar surunkali
tashuvchi sifatida o’z ishlaridan chetlashtiriladi. Ular yashash joylari DSENMida
hisobga olinishi kerak.
Salmonella ajratuvchi yasliga qatnaydigan bolalar shifoxonadan javob
berilgandan so’ng 15 kun davomida jamoaga qo’yilmaydilar (3 ma-rotaba 1-2 kun
oraliq bilan najasi tekshiriladi), agar Shu davr oralig’ida qo’zg’atuvchi ajralib
chiqsa, nazorat muddati yana 15 kunga uzaytiriladi. Surunkali tashuvchi bolalar
yasliga qo’yilmaydilar.
Salmonella tifimuriumni antibiotiklarga chidamli bo’lgan shtammini
tashuvchi bolalar maktabgacha bo’lgan bolalar muassasasiga qo’yilmaydi.
Maktablarga va maktab-internatlarga qatnovchi bolalarga tashuvchilik diagnozi
qo’yilsa jamoaga qo’yiladi, lekin oshxonadagi navbatchilikdan ozod qilinadi. Agar
aniqlangan tashuvchilar oziq-ovqat korxonalari va unga tenglashtirilgan
korxonalarda ishlasalar, tashuvchilikni tabiatini aniqlash uchun qo’shimcha
tekshiruv o’tkaziladi. Ular 2 hafta davomida 5 marotaba najasi bakteriologik
tekshiriladi, 2 marotaba RPGA (TGAR) bilan tekshiriladi. Agar ushbu shaxslarga
surunkali bakteriya tashuvchilik diagnozi qo’yilsa, ularga yuqorida ko’rsatilgan
chora-tadbirlar olib boriladi.
Agar "tranzitor tashuvchilik" diagnozi laboratoriya va klinik tekshiruvlarni
hisobga olib qo’yilgan bo’lsa, bu shaxslar o’z ishlariga qo’shimcha
tekshirilmasdan qo’yilishi mumkin.
|