HBsAg ga tekshirish sifati, HBsAg "tashuvchilarni" klinik-laboratoriya
tekshiruvlaridan o’tkazishning o’z vaqtidaligi va to’liqligi, barcha tibbiy
muassasalardagi epidemiyaga qarshi tartib muntazam ravishda epidemiolog
nazoratida bo’lishi darkor.
Nazorat jarayonida epidemiologik ahamiyatli ob’ektlardagi turli asbob-
anjomlarni qon, oqsil, ishqor qoldiqlari mavjudligiga, sterillikka tekshiriladi,
avtoklav, sterilizator va bakterisid lampalar ish tartibi kuzatiladi.