178
MAVZU
18.
DIFTERIYANING
EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: difteriyada epidemik jarayon va uning namoyon
bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik nazoratni takomillashtirish.
2. O’qish joyi va vaqti: mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulot - 8 soat, mustaqil ish - 2 soat.
3. Mashg’ulot o’tkazish rejasi:
3.1. kirish, mashg’ulotning maqsadini tushunib olish;
3.2. talabalarda ushbu mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan bazis bilimni
aniqlash;
3.3. axborot uchun tavsiya qilingan materiallarni muhokama qilish;
3.4. difteriya epidemiologiyasiga tegishli savollarni muhokama qilish;
3.5. infeksiya tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilarning ahamiyati;
3.6. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish;
3.7. difteriyada profilaktik emlashning ahamiyati.
4. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar
quyidagilarni bilishi kerak;
4.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati, difteriya bilan aholining
kasallanish darajasi;
4.2. epidemik jarayon omillari va
rivojlanish mexanizmi;
4.3. epidemiyaga
qarshi chora-tadbirlar tizimi;
4.4. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga
xos xususiyatlari;
4.5. epidemiologik nazoratning o’ziga xos xususiyatlari.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilish;
5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilish;
5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni
ocha bilish;
5.4. difteriya epidemik o’choqlarda chora-tadbirlarni tashkil qilish va
o’tkazish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. difteriyada operativ epidemiologik tahlil
bilan tanishish;
6.2. difteriya profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan tanishish;
6.3. difteriyaga taalluqli buyruq va qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalarni yechish.
Dostları ilə paylaş: