181
gospitalizatsiyaga kechikkanda o’z uyida unga 500 AE difteriyaga qarshi zardob
yuboriladi. Bunda anafilaktik shokga qarshi profilaktik choralarga e’tibor berish
kerak.
Antibiotiklar bilan davolashni boshlashdan oldin 2 marta kun oralatib
bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak.
LOR organlarining surunkali kasallanishlarini aniqlash va davolash
ahamiyatlidir, chunki ular uzoq vaqtgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qolishlari
mumkin. Shuning uchun barcha bakteriya tashuvchilar bakteriolog-vrach
maslahatidan o’tishlari kerak. LOR organlari surunkali kasalliklari shifoxonasiga
tushgan birinchi kunidanoq otolaringolog-vrach ko’rsatmasi bilan tekshiriladi va
davolanadi.
Antibiotiklar 3 martalik bakteriologik tekshiruv ham musbat bo’lgandagina
vrach ko’rsatmasi bilan buyuriladi. Davolash kursi 5-7 kun. Agar ikki marta
bakteriologik tekshiruvda ham musbat natija bo’lsa, shifoxonadan berilgan
(chiqarish vaqtida) ma’lumotnoma asosida yashash joyida davolash davom
ettiriladi.
Ikki martalik bakteriologik tekshiruv ham manfiy bo’lganda va antibiotiklar
berish to’xtatilganda toksigen korinobakteriyasini tashuvchilarini ajratib qo’yish
(izolyatsiya) to’xtatiladi. Takror va uzoq vaqt bakteriya
ajratuvchilarni shifoxonada
uzoqroq davolanadi.
Ikki
kurs
sanatsiya
o’tkazilishga qaramay difteriyaning toksigen
korinobakteriyasini tashuvchilarni jamoaga qayta qo’yilishi mumkinligini
epidemiolog, pediatr, otolaringolog ishtirokida komissiya hal qiladi. Bunda jamoa
immunitetlik darajasi hisobga olinadi.
Bakteriya tashuvchilik bartaraf qilinguncha o’sha jamoa epidemiolog va
pediatr kuzatuvida bo’ladi. Buning uchun bakteriya tashuvchi va u bilan
muloqotda bo’lganlar ikki haftada bir marta bakteriologik tekshiruvdan va tibbiy
ko’rikdan o’tkazilib turilishi kerak. Agar jamoada bir vaqtning o’zida 10-15 % va
undan ortiq notoksigen bakteriya tashuvchilar aniqlansa, epidemiolog ko’rsatmasi
bo’yicha o’sha joyning o’zida sanatsiya o’tkazish mumkin. Bakteriyaning
notoksigen shtammini tashuvchilar shifoxonaga yotqizilmaydi.
Dostları ilə paylaş: