O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epidemiologiyasi 
 
Difteriyada  kasallik  manbai  bo’lib  bemor  odam,  rekonvalestsept  va  sog’lom 
bakteriya tashuvchi hisoblanadi. Asosan bemor odam kasallik manbai hisoblanadi, 
chunki  ular  ko’p  miqdorda  infeksiya  qo’zg’atuvchilarini  tarqatadilar.  Engil 
kechadigan  va  payqamas  shakllarda  bemorlar  ham  xavfli  infeksiya  manbai 
hisoblanadilar, chunki ular ko’pincha kechikib vrachga murojaat qiladilar, natijada 
shifoxonaga 
kechikib 
yotqiziladilar. 
Sog’ayib 
ketuvchilar 
ko’pincha 
rekonvalestsensiya  davrining  dastlabki  2  haftasida  difteriya  tayoqchalaridan  xoli 
bo’ladilar.  Ba’zi  hollarda  sog’ayib  ketuvchilarning  bakteriyani  ajratishlari  90  va 
undan  ortiq  kungacha  davom  etishi  mumkin.  Tomoqdagi,  burun-xalqumdagi 
surunkali yallig’lanish jarayonlari, shuningdek organizmning mahalliy va umumiy 
qarshiligini  susaytiruvchi  umumiy  surunkali  va  o’tkir  xastaliklar  uzoq  muddatli 
bakteriya  tashuvchilikka  sabab  bo’ladi.  Tashuvchilik  holati  kasallanish  darajasiga 
bog’liq.  Toksigenli  shtammlar  tashuvchilarini  aniqlash  ko’proq  epidemiologik 
ahamiyatga  ega.  Kasallikni  boshdan  kechirganlarda  va  emlanganlarda  10-15 
kungacha davom etadigan sog’lom tashuvchanlik kuzatilishi mumkin. Kasallikdan 


 
180 
so’ng 
antimikrob 
va 
antitoksik 
immunitet 
qoladi. 
Bemorning 
va 
rekonvalestsentning  qonida  agglyutinin  va  antitoksinlar  aniqlanadi.  1912  yilda 
venalik  pediatr  Shik  antitoksik  immunitetni  aniqlash  uchun  teri  ichi  sinamasini 
taklif  qildi.  Shuning  uchun  ham  bu  sinama  SHIK  reaksiyasi  deb  ataladi.  Hozirgi 
davrda immunitet mavjudligi RPGA yordamida aniqlanadi. 
Difteriyada  qo’zg’atuvchining  yuqish  mexanizmi  asosan  havo-tomchi  yo’li 
bilan,  kam  hollarda  esa  chang,  bemor  yoki  bakteriya  tashuvchi  foydalangan 
o’yinchoqlar, shuningdek oziq-ovqatlar orqali ham yuqishi mumkin. Emlashgacha 
bo’lgan  davrda  asosiy  kasallanish  1  yoshdan  7  yoshgacha  bo’lib,  bu  barcha 
kasalliklarning  80%  ni  tashkil  qilar  edi.  Amaliyotga  difteriya  anatoksini  bilan 
emlash  joriy  etilgandan  so’ng  esa,  kasallanish  kamayishi  bilan  bir  qatorda  uning 
katta yoshdagilar o’rtasida yuzaga kelishi ko’paydi. Difteriyaga mavsumiylik xos 
bo’lib,  yoz  oylarida  bemorlar  soni  oshib  boradi  va  eng  ko’pi  sentabr-dekabr 
oylarida, eng kam bemorlar soni esa aprel-avgust oylarida kuzatiladi. 
Difteriya  bilan  kasallanish  mavsumiy  o’zgarib  turishini  bolalarning  hayot 
tarzlari o’zgarishi bilan tushuntirish mumkin. Yoz oyida va kuz oyining boshlarida 
ko’chalarda,  hovlilarda  bolalarning  o’zaro  muloqoti  ko’payadi  bundan  tashqari 
bolalarning  oromgohlarga  jo’nashlari  tufayli  bolalar  yangi  jamoalari  tashkil 
qilinadi.  Kuzda  maktab  jamoalari  qayta  tiklanadi.  O’quv  yilining  boshlanishi 
bilanoq  difteriya  bilan  kasallanishning  o’sishi  o’z  navbatida  kasallik  tarqalishida 
maktablarning  ahamiyatini  ko’rsatadi.  Maktab  bolalari  ko’pincha  kasallikning 
yengil  turi  bilan  og’riydilar.  Infeksiya  esa  maktablarga  bemorlar  va  tashuvchilar 
orqali keltiriladi. 1922 yilda Roman (Fransiya) tomonidan kashf qilingan difteriya 
anatoksini  difteriyaga  qarshi  muvaffaqiyat  bilan  kurashishga  umid  baxsh  etdi. 
Haqiqatdan ham emlashlar natijasida bolalar o’rtasidagi kasallanish kamayib bordi. 
Urushdan  keyingi  yillarda  sobiq  SSSR  difteriya  anatoksini  bilan  ommaviy 
emlashlar natijasida kasallanish inqilobgacha bo’lgan davrga qaraganda 5-6 marta 
kamaygan. Undan  keyingi  davrlarda difteriyaga  qarshi  rejali  emlash  natijasida bu 
kasallik keskin kamaytirildi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin