O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-tadbirlar 
 
Qo’zg’atuvchilarni  zararsizlantirish  maqsadida  xona  shamollatiladi, 
namlangan  mato  bilan  tozalash  o’tkaziladi.  Idishlar,  choyshablar,  o’yinchoqlar 
epidemiologik ahamiyatga ega emas. 
 
Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar 
 
Qizamiq  bilan  og’rimagan  va  emlanmagan  bolalar,  bemor  bilan  muloqotda 
bo’lgan  bo’lsa,  17  kunga  ajratiladi.  Gammaglobulin  olgan  bolalar  21  kunga 
ajratiladi.  Agar  bemor  bilan  muloqotda  bo’lgan  vaqti  aniq  bo’lsa,  bolalar 
inkubatsion  davrning  birinchi  7  kunigacha  bolalar  muassasalariga  qatnashi 
mumkin. Ularni muloqotda bo’lishning 8 kunidan boshlab ajratib qo’yiladi. 
Maktabda  qizamiq  tarqalgan  paytda  kasallik  bilan  og’rimagan  bolalarni 
ajratish  o’tkazilmaydi.  Maktabgacha  bo’lgan  bolalar  muassasalarida  qizamiq 
tarqalgan  holda,  muloqotda  bo’lgan  guruhda  qizamiqqa  moyil  bo’lgan  bolalar 
bo’lsa  (qizamiq  bilan  og’rimagan  va  emlanmaganlar)  17  kunga,  agarda 
gammaglobulin  olgan  bo’lishsa  21  kunga  ajratib  qo’yiladi.  Qizamiq  bilan 
og’rimagan  va  oldin  emlanmagan  bo’lsa,  bemor  bilan  muloqotda  bo’lgan  15 
yoshdan  katta  yoshdagi  kishilarga,  hech  qanday  monelik  bo’lmagan  hollarda 
shoshilinch  tartibda  qizamiq  vaksinasi  bilan  emlash  o’tkaziladi.  Epidemik  avj 
olishlarni  yo’qotish  va  qizamiqning  shoshilinch  ravishda  oldini  olish  maqsadida 


 
176 
uyushgan  jamoalarda  (maktabgacha  bolalar  muassasalari,  maktablar  va  boshqa 
o’rta  o’quv  muassasalarida)  qizamiq  bilan  og’riganlik  yoki  vaksinatsiya 
o’tkazilganligi  haqidagi  ma’lumotlar  bo’lmagan  taqdirda  hamma  muloqotda 
bo’lganlarga  shoshilinch  vaksinatsiya  o’tkaziladi.  Shoshilinch  profilaktika  uchun 
gammaglobulin  yuborish,  emlashga  mone’lik  bo’lgan  hollarda  faqat  muloqotda 
bo’lgan shaxslarga yoki emlash yoshiga yetmagan bolalarga ruxsat etiladi (gamma 
globulinlar  dozasi  bolaning  salomatligiga  qarab  belgilanadi  hamda  qizamiqli 
bolalar  bilan  muloqotga  kirishgan  vaqtiga  qarab  belgilanadi).  Bolalar 
shifoxonalarida 
muloqotda  bo’lganlarga  mushak  orasiga  1,5-8,0  ml 
gammaglobulin yuboriladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin