22
sog’lom kishilarni savol-javob qilish yo’li bilan, kasallikka chalingan kishilar
sonini statistik tahlil qilish natijasida, epidemik jarayon rivojlanayotgan joyning
ijtimoiy va tabiiy sharoitlarini o’rganish va laboratoriya tekshiruv natijalarini
kuzatish asosida aniqlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan tekshiruv natijalarini
epidemiolog guruhlarga bo’lib o’rganish, ularni o’zaro taqqoslash va
umumlashtirish natijasida epidemik jarayonning rivojlanishi haqida ma’lum
xulosaga keladi.
Epidemiologik tekshiruvning keyingi bosqichi - epidemiologik hodisalarning
kelib chiqish sababi va oqibatlari orasidagi bog’liqlikni aniqlashdir. Epidemiologik
hodisalarning sababi va oqibatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash ijodiy ish
bo’lib, buning natijasi epidemiolog vrachning tajribasiga, bilimiga, zehni
o’tkirligiga, mulohaza yuritish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidaga sababiy bog’lanishlarni, Shu
sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun bir nechta usullar
mavjud.
Dostları ilə paylaş: