O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

 
 
 
 
 
 


 
121 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Ich  terlama  (qorin-tifi)  -  isitma  bilan  kechuvchi  og’ir  kasallik  bo’lib, 
bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, jigarning, taloqning kattalashishi va ingichka 
ichak limfoapparatlarining faoliyatlari buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Qo’zg’atuvchisi  salmonella  guruhiga  mansub  S.  Typhi  abdominalis.  Tashqi 
muhitda juda chidamli, fizik va kimyoviy ta’sirlarga ham chidamli.  2 ta antigeni, 
ya’ni  somatik  0  antigen  va  xivchinli  N  antigenlari  bor.  O  antigenga  qo’shimcha 
antigeni  ham  mavjud  bo’lib,  u  virulentlik  (Vi)  antigeni  deb  ataladi.  Xivchinlari 
bo’lib, ular yordamida harakatlanishadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gramm 
manfiy, hamma anilin bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Tuproqda - 2-3 oy, suvda - 2 
haftagacha va undan ortiq, oziq-ovqat mahsulotlarida - bir necha haftagacha, meva 
va sabzavotlarda  - 10 kungacha  saqlanishi  mumkin. Qorin  tifidan o’lganlarda 3-4 
haftadan keyin ham bakteriyalar ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Dezinfeksiyalovchi 
vositalar yuqori konsentratsiyada bo’lganda ta’sir qiladi. 
Respublikamizda oxirgi 20 yilda qorin tifi va paratif kasalliklari kamayganligi 
kuzatiladi. Qorin tifi bilan kasallanish ko’rsatkichlari 2 martaga kamaygan. Biroq 
so’nggi  vaqtlarda  ba’zi  viloyatlarda  qorin  tifi  kasalligining  o’sayotganligi 
kuzatilayapti,  jumladan  o’sish  ko’rsatkichlari  Toshkent,  Jizzax  va  Samarqand 
viloyatlarida qayd etilgan. 
Kasallik qo’zg’atuvchisining manbai - kasal bo’lgan odam (rekonvalessentlar, 
bakteriya  tashuvchilar),  paratif  V  da  esa  hayvonlar  va  qushlar  ham  infeksiya 
manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin. 
Bemorlar  qo’zg’atuvchilarni  butun  kasallik  davrida  ajratadilar,  ayniqsa, 
dastlabki  2-3  haftada  ko’p  ajraladi,  temperatura  pasaygach,  ya’ni  14  kunlardan 
keyin  bakteriya  ajratish  to’xtaydi.  Rekonvalessensiya  davrida  ko’pgina  odamlar 
qo’zg’atuvchilardan  xalos  bo’ladilar,  lekin  bundan  keyin  ham  ayrim  odamlarda 
kasallik qaytalanishi mumkin, 10-15% rekonvalessentlar o’tkir (3 oygacha), 3-5% 
kishilar surunkali (3 oydan ko’proq) tashuvchi bo’lib qoladilar. 
Bundan  tashqari  tranzitor  tashuvchilik  ham  bor.  Bunday  tashuvchilik 
immuniteti  mustahkam  yoki  kasal  bo’lib  o’tgan  odamlarda  bo’lishi  mumkin. 
Bunda  qo’zg’atuvchi  faqatgina  najasda  aniqlanadi.  Safro  yoki  siydikda  bir  marta 
aniqlansa  ham  unday  shaxslar  surunkali  tashuvchi  hisoblanadilar.  Shuni  ta’kidlab 
o’tish kerakki, hozirgi paytda ich  terlama  qo’zg’atuvchilarini surunkali  tashuvchi 
shaxslar  epidemik  jarayon  saqlanib  turishida  va  qo’zg’atuvchining  biologik  tur 
sifatida saqlanib turishida katta rol o’ynaydilar. 
Ich  terlama  antroponoz  kasallik  bo’lib,  bu  kasallikka  qarshi  chora-tadbirlar 
Respublika  SSVining  1993  yil  23.06  da  tasdiqlangan  292-sonli  buyrug’i  - 
"O’zbekistonda  qorin  tifi  va  paratiflarni  yanada  kamaytirish  chora-tadbirlari" 
asosida olib boriladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin