O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

O’tkir  tashuvchilar  -  kasallanib  o’tganlaridan  so’ng  3  oygacha  bakteriya 
ajratuvchilar,  og’rib  o’tganlarning  ko’pchilik  qismi  o’tkir  tashuvchi  bo’lib 


 
123 
qoladilar (20% va undan yuqori). 
Surunkali tashuvchilar - 3 oydan ortiq bakteriya ajratadilar, ba’zan umrbod 
ajratadilar. Ularning ulushi og’rib o’tganlarning 3-5%ga to’g’ri keladi. Paratif V da 
qorin tifiga qaraganda kamroq bakteriya tashuvchilik yuzaga keladi. 
Tranzitor  tashuvchilar  -  tashuvchilikning  bu  xili  qorin  tifi  yoki  paratif 
bakteriyalarining  infeksiyaga  moyil  bo’lmagan  kishilar  ichagiga  har  qanday 
tushishlari  oqibatida  yoki  kam  miqdorda  tushganda  vujudga  keladi.  Bunda 
mikroblar  qonga  yoki  ichki  organlarga  o’ta  olmaydi  va  bir  necha  kungacha 
ichakdan  tashqariga  chiqarilib  turishi  mumkin.  Odatda  tranzitor  tashuvchilikda 
qo’zg’atuvchi  bir  marta  najasda  aniqlanadi.  Bakteriyalarning  siydik  yoki  o’t 
suyuqligida  mavjudligi  tranzitor  tashuvchilikni  bekor  qiladi.  Surunkali  tashuvchi 
yoki  tranzitor  tashuvchilikni  faqat  shifoxona  sharoitidagina  aniqlash  mumkin. 
Oziq-ovqat  korxonalarida  ishlovchilar  orasida  bakteriya  tashuvchilar  aniqlansa, 
bunday  shaxslar  ishga  qo’yilmaydilar  va  tashuvchilik  turini  aniqlash  uchun 
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bakteriya  tashuvchilarda 5 marta najas va 
siydik bakteriologik tekshiriladi, bir marta safro va bir marta qon zardobi sisteinda 
barqaror antitelolarni aniqlash uchun RPGA qo’yiladi. 
Bakteriologik tekshiruv natijalari manfiy, biroq, serologik tekshiruv natijalari 
musbat chiqqan hollarda najas, siydik va safroni yana qaytadan tekshiriladi. 
Agarda  shifoxona  sharoitida  oziq-ovqat  korxonasi  ishchilarida  tranzitor 
tashuvchilik  aniqlansa,  bunday  shaxslar  ishga  qo’yilmadi,  keyinchalik  2  yil 
davomida bunday shaxslarning har chorakda (xuddi o’tkir tashuvchilik aniqlangan 
hollardek) siydik va najaslari tekshirilib turiladi. Ich terlama va paratif kasalliklari 
bakteriyalari yana bir marta bo’lsa ham safrodan, siydikdan ajratib olingan shaxslar 
surunkali tashuvchi deb hisoblanadi. 
Surunkali  tashuvchilik  aniqlanganda,  Shuningdek  oziq-ovqat  korxonasi 
xodimlari  shifoxonada  tekshirishdan  bosh  tortsalar,  ular  ishga  qo’yilmaydi, 
surunkali tashuvchilar kasblarini o’zgartirishlari lozim. 
Maktab,  maktab-internat  o’qituvchilari  orasida  ich  terlama  va  paratif 
qo’zg’atuvchilarini  tashuvchilik  aniqlansa,  ular  o’qishga  qo’yiladi,  lekin  oziq-
ovqat mahsulotlarini tayyorlash, transportirovka qilish va tarqatishga doir ishlarga 
jalb qilinmaydilar. 
Yasli  va  bog’chaga  boradigan  bolalar  orasida  tashuvchilik  aniqlansa,  ular 
bog’cha va yasliga qo’yilmaydi va shifoxonaga tekshirishga yuboriladilar, chunki 
ularda  tashuvchilik  qisqa  muddatli  bo’ladi,  agar  tashuvchilik  davom  etaversa, 
ularni  bog’cha  yoki  yasliga  qo’yishni  aniq  vaziyatni  hisobga  olgan  holda  hal 
qilinadi. 
Agar oziq-ovqat korxonasi xodimi yoki unga tenglashtirilgan kasb egalari oila 
a’zolaridan  birida surunkali  tashuvchilik aniqlansa,  ular  ishdan  chetlashtirilmaydi 
va mahsus tekshiruvdan o’tmaydi. Tashuvchi yashash joyini o’zgartirsa, u haqidagi 
ma’lumotlar yangi yashash joyi bo’yicha DSENMga yuboriladi. 
Har  bir  surunkali  tashuvchida  qo’zg’atuvchining  fagotipi  aniqlanib,  364-
shakldagi ro’yxatga yozib qo’yiladi. Bemor va bakteriya tashuvchilar shifoxonadan 
klinik tuzalgandan so’ng va 3 marta siydik va najasni tekshirilganda manfiy natija 


 
124 
bersa,  shifoxonadan  chiqarilib  yuboriladi.  Birinchi  tekshirish  isitma  tushgandan 
keyin 5 kun o’tgach o’tkaziladi, keyinchalik esa 5 kunlik tanaffus bilan o’tkaziladi. 
Antibiotik olgan rekonvalessentlar normal haroratning 21 kunidan, olmaganlar esa 
14-kunidan keyin shifoxonadan chiqariladilar. Shifoxonadan oldingi (chiqarishdan 
oldingi)  tekshirishda  bemorda  qorin  tifi  yoki  paratif  qo’zg’atuvchilarining 
aniqlanishi, shifoxonadan chiqarishga to’sqinlik qila olmaydi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin