Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan choralar: 1. Isitmasi yuqori bemorlarni aktiv va passiv aniqlash. May oyidan to oktyabr
oyigacha bo’lgan davrda medicina xodimlari o’zlariga biriktirilgan har bir
xonadonga haftada 1 marta kirib chiqishlari lozim. Isitmasi bor barcha bemorlar
birinchi kuniyoq, vrach ko’rigidan o’tishlari lozim, agarda u tif-paratifoz
kasalligiga Shubha qilingan bo’lsa, provizor bo’limi yoki palataga yotqiziladi.
2. Barcha provizor bo’limiga yotqizilgan isitmasi bor bemorlar birinchi 24
soat mobaynida gemokulturaga tekshirilishi kerak, bundan tashqari diagnozi
aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar ham gemokulturaga
tekshiriladi.
3. Barcha diagnozi aniqlanmagan bemorlar yoki gripp, bronxit, O’RK diagnoz
qo’yilgan va isitmasi 3 kundan ortiq ko’tarilgan, hamda ambulatoriya sharoitida
davolash uchun uyida qoldirilgan bemorlar qoni gemokulturaga tekshiriladi.
4. Epidemiyaga qarshi choralarning muhim bo’limlaridan biri o’t va siydik
yo’llari kasalliklariga chalingan shaxslar, oziq-ovqat korxonasi ishchilari va unga
tenglashtirilgan kasb egalari orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlashdir. Bahor va
kuz oylarida bakteriologik va serologik tekshirishga quyidagilar jalb qilinishlari
lozim: shaxsiy tartibda sut va sut mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, uyda
tayyorlangan mahsulotlarini tarqatuvchilar (realizatsiya qiluvchilar), shuningdek
bayram va turli tadbirlarda ovqat tayyorlovchilar.
Aniqlangan epid.o’choqlarga nisbatan sanitariya-sog’lomlashtirish va
epidemiyaga qarshi tadbirlar ishlab chiqiladi.
5. Tif-paratifoz kasalliklar bo’yicha noqulay sharoitli joylarda yashovchi
barcha surunkali tashuvchilar yil davomida 4 kunda 1 marta tegishli bakteriofag
qabul qilishlari shart.