126
preparatlar bilan ta’minlaydi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, vodoprovod yo’q
joylarda har kuni toza ichimlik suvini tashib keltirish tashkil etiladi, dala joylarda
suvni qaynatish tashkil etiladi.
Ochiq suv havzalarining ifloslanishining oldini olish (suv havzalari yaqinida
joylashgan hojatxonalarni yo’qotish), chiqindilar tashlanadigan joylarni yo’qotish,
chorvachilik fermalari chiqindilarini suvlarga tushishining oldini olish. Maxsus
ajratilgan joylarga chiqindilarni yig’ish va zararsizlantirish.
Surunkali tashuvchilar yashaydigan joylarda markazlashtirilgan vodoprovod
suvlaridan, ochiq suv havzalaridan, umumiy ovqatlanish korxonalaridan,
maktabgacha bolalar muassasalaridan, maktablardan, uylardagi suv tarmoqlaridan
suv olib har 10 kunda laboratoriya tekshiruvini o’tkazish.
Mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda aniq dalillarni keltirib, aholi orasida
gigiyenik tarbiya va sanitariya bilimlarini targ’ibot qilish. Barcha og’rib o’tganlar
va surunkali tashuvchilar o’zlarini qanday tutishlari haqidagi eslatma bilan
ta’minlanishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: