I. Tasviriy - baholash usuli. Bemorlarning soniga (miqdoriga) asoslanib,
kasallikning tarqalganligi haqida va bu kasallikning keltirib chiqaruvchi omillari
haqida mulohazaning shakllanishida qo’llanilib, bu usul yordamida olingan
ma’lumotlarga asoslanib, shu kasalliklarga qarshi kurashda qo’llaniladigan tibbiy
tadbirlar aniqlanadi.
Kasallikning tarqalganligini bemorlar soniga asoslanib tahlil qilinadi va
nisbiy raqamlar qo’llaniladi. Raqamlar asosan bemorlar soni kam bo’lgan taqdirda
yoki tahlil qilinayotgan davr ichida tekshiriluvchi aholi soni o’zgarmagan hollarda
qo’llaniladi. Bizga ma’lumki, har bir guruhda yoki biron-bir tuman yoki viloyat
aholisining soni mutloq bo’lmasada tez-tez o’zgarib turadi, shuning uchun
kasalliklarni tahlil qilishda faqatgina mutloq raqamlarni ishlata bilish jiddiy xato va
kamchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Shu sababli ko’pincha mutloq raqamlarni
nisbiy kattaliklarga aylantirilib ishlatiladi. Bunday hisoblash kasallikning har xil
guruhlarda yoki har xil aholi o’rtasida qanday darajada tarqalganligini bir-biriga
taqqoslab o’rganish imkoniyatini beradi (3 - jadval).
3 - jadval.