O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiologik diagnostikada qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epidemiologik diagnostikada qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar: 
1. Absolyut (mutloq) raqamlar. 
2. Nisbiy ko’rsatkichlar: 
a) Kasallanish darajasini aniqlash ko’rsatkichi. 
b) Mehnat qobiliyatining yo’qotganligini aniqlash ko’rsatkichi. 
v) O’lim sonini aniqlash ko’rsatkichi (1000 yoki 10000 kishiga). 
g) Zararlanish darajasini aniqlash ko’rsatkichi. 
3. Ekstensiv ko’rsatkichlar. 
4. Ko’rgazmali ko’rsatkichlar. 
5. O’rtacha miqdor: 
a) Arifmetik o’rtacha miqdor. 
b) Mediana. 
6. Variatsion (o’zgaruvchan) va dinamik qatorlar. 
a) O’zgaruvchanlik (tafovut qilish) koeffitsenti. 
b) Dispersiya va o’rtacha kvadratik farq. 
v) O’rtacha miqdorning ishonchlilik chegarasi. 
g) Dinamik qatorlarni baravarlashtirish (eng qisqa kvadratlash usuli). 
d) O’sish yoki kamayish sur’ati. 
e) Standart ko’rsatkichlar. 
Nisbiy  kattaliklar  orasida intensivlik  (jadallik) ko’rsatkichi katta  ahamiyatga 
ega. Jadallik ko’rsatkichi ma’lum sharoitda u yoki bu hodisalarning qanchalik ko’p 
yoki kam uchrashini yoki takrorlanishini ko’rsatadi. 


 
25 
Epidemiologiyada  nisbiy  kattaliklardan  kasallanish  darajasini  aniqlash 
ko’rsatkichi,  o’lim  sonini  aniqlash  ko’rsatkichi,  mehnat  qobiliyatini 
yo’qotganligini aniqlash ko’rsatkichlari qo’llaniladi. 
Ekstensiv (nisbiy) ko’rsatkichlar - bu nisbiy kattalik bo’lib, tahlil qilinayotgan 
hodisalarning  qanchalik  uchrashi  darajasini  ko’rsatadi.  Bunda  hodisaning  mutloq 
sonini yuz foiz (100 %) deb olinib, Shu hodisaning u yoki bu belgilari shu mutloq 
songa nisbatan hisoblanadi. 
Ekstensiv  ko’rsatkichlarni  epidemiologik  hodisalarning  kelib  chiqish 
sabablari va ular orasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlashda qo’llab bo’lmaydi. 
Ko’rgazmali  ko’rsatkichlar  biror  bir  masalaning  yoki  hodisaning  mohiyatini 
ko’rgazmali qilib aks ettirishda qo’llaniladi. Ko’rgazmali ko’rsatkichlar yordamida 
hisoblash uchun mutloq raqamlardan yoki intensiv ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Bunda biror raqam yoki ko’rsatkich shartli ravishda bir deb olinadi va qolgan 
ko’rsatkichlar  yoki  raqamlar  shu  shartli  ravishda  olingan  songa  nisbatan 
hisoblanadi. 
Epidemiologik  tekshiruvlar  uchun  birinchi  yoki  dastlabki  material  sifatida 
hisobga  olingan  hisobot  daftarlaridagi  ma’lumotlardan  va  tekshiruvchi  kishi  o’zi 
tanlab  tekshirgan  tekshiruv  natijalaridan  foydalaniladi.  Bu  o’rinda  hisobot 
daftarlaridan  olinadigan  ma’lumotlarni  yig’ish  ancha  qulay  va  ko’p  qiyinchilik 
talab  qilmaydi.  Tekshiruvchi  kishining  tanlab  tekshirgan  tekshiruv  natijalariga 
asoslangan  tekshiruv  aniq  va  mukammal  bo’ladi,  ammo  bunday  materiallarni 
to’plash bir muncha qiyinchiliklar va ma’lum miqdorda xarajatlar talab qiladi. 
Epidemiologik  tekshiruvda  tekshiruvni  o’tkazish  vaqtiga  qarab  ikki  xil 
tekshiruv uslubi farqlanadi: 
a) bir paytda (ko’ndalangiga) o’tkaziladigan tekshiruvlar. 
b) uzoq davom etadigan (uzunasiga, perspektiv) tekshiruvlar. 
Bir  paytda  o’tkaziladigan  tekshiruv  bu  bir  paytning  o’zida  biror  bir  aholi 
guruhlari  o’rtasida  olib  boriladigan  tekshiruvdir.  Bu  tekshiruv  usuli  yordamida 
kasallanishni  (boleznennost)  yoki  zararlanish  darajasini  (porajennost)  aniqlash 
mumkin. 
Uzoq  davom  etadigan  tekshiruv  usuli  -  bu  biror  bir  aholi  guruhlarida  uzoq 
muddat  mobaynida,  ya’ni  ma’lum  bir  vaqt  oralig’ida  olib  boriladigan  tekshiruv 
bo’lib, bunday tekshiruv uchun ma’lumotlar uyma-uy yurib tekshirishlar natijasida, 
bemorlar  haqida  har  kuni  olib  boriladigan  hisobotlarni  o’rganish  tufayli  maxsus 
varaqalar tarqatish yo’li bilan yig’iladigan dalillarni jamlash natijasida to’planadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin