A gepatiti - antroponoz, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, keng tarqalgan
virusli kasallikdir.
Etiologiyasi. A gepatit virusi (AGV) o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar
turiga (enterovirus 72), pikornaviruslar oilasiga mansubdir, diametri 27 nm. A
gepatitning virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona
antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega.
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga
chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi.
Ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin.
Boshqa enteroviruslarga nisbatan xlor ta’siriga ham chidamli. Erkin xlor
konsentratsiyasi 0,5-1,5 M1/l bo’lgan (rN 7,0) eritmada 1 soat mobaynida saqlash
natijasida virusning to’liq zararsizlanishi kuzatilmaydi. Bu holat suv tozalash
inshootlari to’siqlari orqali virusning vodoprovod tarmog’iga tushib qolishini
161
ta’minlaydi. A gepatit virusi inson uchun odatdan tashqari yuqori patogenlik
xususiyatiga ega. Kasallikni yuqtirish, keltirib chiqarish uchun kam miqdordagi
viruslar kifoyadir.