159
olingan kultura soni va ajratib olingan kuni, uning asosiy xususiyatlari, ko’rilgan
chora-tadbirlar haqida beriladi. Navbatdan tashqari axborot quyidagi tashkilotlarga
yuboriladi:
1. 116024 "Plazma" teletaypi orqali O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni
saqlash vazirligiga;
3. Sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentiga;
Masala №1.
Keyingi yillarda sizning yurtingizda vabo uchramas edi. Siz bu kasallik
to’g’risida hech eshitmagan edingiz. Oxirgi hafta ichida shifoxonaga 30 nafar
bemorlar kuchli suvsimon suyuq ich ketish bilan yotqizilgan va ularning 5 nafari
vafot etdi. 16 nafar bemorni siz markaziy shifoxonaga jo’natasiz. Najasni
bakteriologik tekshirishda Ogava serotipining El-Tor vibrioni ajratib olindi.
Bajariladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishingiz kerak:
1. Siz kim bilan uchrashishingiz kerak va favqulodda majlisda kimlar bo’lishi
kerak?
2. Epidemiya haqida kimga xabar qilish lozim?
3. O’choqqa boradigan brigada a’zolari qanday bo’lishi lozim?
4. Epidemiya o’chog’ida klinitsistlar harakati nimalardan iborat bo’lishi
kerak? Ularning harakati qo’shni tumanlarda qanday bo’lishi kerak?
5. O’choqqa qancha miqdorda, qanday dori-darmonlar, dezinfektantlar va
boshqa moslamalar yuborilishi kerak?
6. Siz ommaviy axborot xodimlariga nimalar deyishingiz lozim?
7. Vaboning oldini olish maqsadida antibiotiklar va vaksinalar tarqatish
yuzasidan siz nimalar qilishingiz kerak?
8. Epidemiyani nazorat qilishda va tugatishda sizga yordam talab qilinadigan
bo’lsa, siz kimga va qayerga murojaat qilishingiz kerak?
9. O’choqqa keluvchi va ketuvchilar bilan siz qanday ishlar olib borishingiz
kerak?
Dostları ilə paylaş: