O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar 
 
1.  Bemor  (vibrion  tashuvchi)  aniqlangan  joyda  yakuniy  dezinfeksiya, 
dezinfeksiya stansiyasi yoki DSENMning dezinfeksiya bo’limi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
2.  Bemor  yashash  joyida  yakuniy  dezinfeksiya  bemor  (vibrion  tashuvchi) 
gospitalizatsiyasidan  (o’limidan)  so’ng  3  soat  ichida,  ish  yoki  o’qish  joyida  esa 
aniqlangandan so’ng bir sutka ichida bajarilishi lozim. 
3. Dezinfeksiyani bajaruvchi xodim o’choqqa kelgach, klyonkali qo’lqop va 
fartuk taqib hamda o’latga qarshi 2-chi tip kostyum kiyib, quyidagi ketma-ketlikda 
ishlov berishi lozim: 
a)  poygakdan  boshlagan  holda  polga  ko’p  miqdorda  dezinfeksiyalovchi 
eritma sepib chiqadi; 
b) bemor chiqindilari va ovqat qoldiqlarini zararsizlantiradi; 
v) barcha idish-tovoqlarni yig’ib, ularni zararsizlantiradi; 
g)  barcha  yumshoq  buyumlarni  (yerga  yoziladigan  ashyolar,  gilamlar, 
sholcha,  ustki  kiyim  boshlar  va  h.k.)  dezinfeksion  kameralarda  zararsizlantirish 
maqsadida  yig’ib  olinib,  dezinfeksion  eritma  bilan  namlangan  qoplarga  taxlab 
chiqiladi, hujjatlar rasmiylashtirilgach buyumlar mashinalarga olib boriladi; 
d)  uy-jihoz  buyumlari  zararsizlantirilib,  devorlarga  ikki  metr  balandlikkacha 
dez.eritma sepib chiqiladi; 
e)  bemor  bo’lgan  xona  zararsizlantirilgandan  so’ng  oshxona,  vanna,  koridor 
va yana bir bor pol zararsizlantiriladi; 
j) xojatxona, axlat qutilari, chiqit chuqurlari va h.k. zararsizlantiriladi; 
z)  agar  quduq  mavjud  bo’lsa,  uning  og’zi  zararsizlantirilib,  quduqdagi  suv 
xlorlanadi. 
O’choqni dezinfeksiya qilib bo’lgandan so’ng, dezinfeksion brigada o’zining 
maxsus kiyimlarini, oyoq kiyimlari, qo’lqoplari, rezinali fartugini zararsizlantiradi 
va xalatni almashtiradi. 
4.  Ish  joyida  yoki  o’qishda  bemor  (vibrion  tashuvchi)  aniqlangan  hollarda 
albatta, bemor ish joyida va  yana umumiy foydalanish joylari - bufetlar (ishchilar 


 
156 
oshxonasi) dushxonalar bevosita zararsizlantiriladi. 
5.  Poliklinikalarda,  ambulatoriyalarda,  bolalar  konsultatsiyasi  va  boshqa 
davolash profilaktik muassasalarida vabo bilan og’rigan bemor yoki shunga gumon 
qilinayotgan  odam  aniqlansa,  shu  muassasa  xodimlari  tomonidan  najas  va  qusuq 
moddalari, bemor bo’lgan vrach xonalari va boshqa xonalar, umumiy foydalanish 
varaqalari, asboblar dezinfeksiya qilinadi. 
6. Shifoxona va izolyatorlarni ochishdan oldin bino ichida va Shu maydonda 
profilaktik dezinfeksiya qilinadi. 
Shifoxona bo’limlarida kundalik dezinfeksiya ishlari kichik tibbiyot xodimlari 
tomonidan, bo’lim katta hamshirasining bevosita rahbarligi ostida bajariladi. Vabo 
bilan kasallanganlar yoki vaboga gumon qilinayotganlar uchun shifoxona (bo’lim) 
dezinfektorlari 
markazlashtirilgan 
holatda 
dezinfeksiyalovchi 
vositalar 
tayyorlaydilar: 
a) qabul bo’limi sanitariya ishlovi o’tkazgichida (san.propusknik) I-II darajali 
suv  yo’qotgan  bemorlarga  sanitariya  ishlovi  o’tkaziladi  (bu  paytda  dushdan 
foydalanilmaydi) va ishlatilgan suv va xona zararsizlantiriladi. 
b)  bemorning  buyumlari  kleyonkali  qopga  yig’ilib,  zararsizlantirish  uchun 
dezinfeksion kameraga yuboriladi; 
v) bemor qabulidan so’ng, qabul bo’limi xonasi dezinfeksiya qilinadi; 
g)  bemorlar  shaxsiy  tuvaklar  yoki  tagga  qo’yiladigan  idish  (podkladnыe 
sudna) bilan ta’minlanadilar; 
d)  bemor  ajratmalari  idishlarda  zararsizlantiriladi.  Zararsizlantirilgan 
ajratmalar  (chiqindilar)  kanalizatsiya  quvuriga  yoki  maxsus  ajratilgan  xonada 
dezinfeksiyalovchi  eritmaga  solinib,  maxsus  tayyorlangan,  suv  o’tkazmas  zovur 
(chuqur)ga quyiladi; 
e)  yumshoq  buyumlar  (bemorning  ichki  kiyimlari  va  yotoq  choyshablari) 
klyonka  qoplarga  yig’ilib  (og’zi  yopilgan  holatda)  qaynatish  yo’li  bilan  yoki 
maxsus  ajratilgan  xonalarda  dezinfeksiyalovchi  eritmalar  bilan  ho’llash-namlash 
yo’li bilan zararsizlantiriladi; 
j)  bemor  shifoxonadan  chiqarilganda  yoki  vafot  etgandan  so’ng  o’rin  joy 
anjomlari (ko’rpa, to’shak, yostiqlar) dezinfeksion kameralarda zararsizlantiriladi; 
z)  bemor  foydalangan  oshxona idish-tovoqlari, ovqat qoldiqlaridan  tozalanib 
qaynatish  yoki  dezinfeksiyalovchi  eritma  bilan  zararsizlantiriladi.  Idish-tovoq 
zararsizlantirilgach,  yuviladi,  quritiladi  va  yana  shu  bo’limdan  boshqa  yerlarga 
chiqarilmagan holda ishlatiladi; 
i) 
palatalarda, 
koridorlarda, 
oziq-ovqat 
tayyorlaydigan 
joylarda 
dezinfeksiyalovchi  eritmalardan  foydalangan  holda,  kuniga  2  martalab  namlab 
tozalab chiqiladi; 
k)  infeksion  shifoxonaning  barcha  xonalarida  pashshalarga  qarshi  chora-
tadbirlar olib boriladi; 
l)  tozalash-asbob-uskunalari  (tog’aralar,  chelaklar  va  x,.k.)  belgilanib, 
qat’iyan  o’z  vazifasi  bo’yicha  (qatiy  ko’rsatmaga  binoan)  ishlatiladi  va  har  bir 
ishlatishdan so’ng zararsizlantiriladi; 
m)  shifoxonani  berkitish  -  yopish  vaqtida  yakuniy  dezinfeksiya  o’tkazilib, 


 
157 
albatta uning sifati tekshiriladi. 
9.  O’liklar  (murdalar)ni  yorish,  tashish  va  ko’mish  ishlari.  “  I-II  guruh 
yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlangan yoki zararlanishga gumon 
qilinayotgan  materiallar  bilan  ishlashning  epidemiyaga  qarshi  tartibi”  nomli 
amaldagi instruksiyaga mos ravishda o’tkaziladi (Toshkent, 1992). 
10.  Aholi  yashash  punktlarida  vabo  tez  avj  olish  paytida  hovli  sanitariya 
qurilishlarini  zararsizlantirish  va  pashshalarni  qirish  chora-tadbirlari  yuzasidan 
profilaktik dezinfeksiya chora-tadbirlari olib boriladi. 
11. Qishloq joylarida, shu jumladan dala shiyponlarida ham, zararsizlantirish 
chora-tadbirlari  shahar  sharoitidagidek  amalga  oshiriladi.  Vabo  bilan  kasallangan 
bemorlar  bilan  muloqotda  bo’lganlar  uyida  qoldirilgan  holatlarda  kundalik 
dezinfeksiya  ishlari  bemor  bilan  muloqotda  bo’lganlar  yordamida  amalga 
oshiriladi. 
12.  Dezinfeksion  chora-tabirlar  o’tkazish  va  uni  tashkil  etish  yuzasidan  va 
zararsizlantirish bo’yicha dezinfeksiya  stansiyasi va DSENM mutaxassislari yo’l-
yo’riqlar ko’rsatib borishadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin