O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish 
va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni alohidalash 
 
1.  Vabo  bilan  kasallanganlarni  va  vibrion  tashuvchilarni  shifoxonaga 
gospitalizatsiya  qilishni  tez  tibbiy  yordam  stansiyalarining  bo’limlari  o’z 
avtotransporti  bilan  amalga  oshiradi.  Bunda  vrach  yoki  o’rta  tibbiyot  xodimi  va 
sanitardan  tashkil  topgan  evakuatorlar  brigadasi  tuziladi.  Suvsizlanishi  III  va  IV 
darajadagi  bemorlarni  reanimatsion  brigadalar  maxsus  jihozlangan  transportda 
gospitalizatsiya qiladilar. 
2.  Vabo  bilan  kasallanganlarni  gospitalizatsiya  qilishga  mo’ljallangan 
transport regidratatsion sistemalar bilan, bemor ajratmalari (chiqitlari) yig’iladigan 
idish bilan, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish) vositalari bilan, dezinfeksiyalovchi 
vositalarga mo’ljallangan idish bilan, gidropult, bemor ostiga yoziluvchi klyonka, 
lattalar bilan jihozlangan bo’lmog’i lozim. 
Bemorlarni  transportirovka  qilish  vaqtida  qo’llanilgan  transport  joriy 
dezinfeksiya qilinadi. 
3.  Vabo  bilan  og’rigan  bemor  bilan  muloqotda  bo’lgan  shaxslar  tez  tibbiy 
yordam  ko’rsatish  stansiyasi  yoki  yuqumli  kasallik  bilan  kasallangan  bemorlarni 
tashish  xizmati  tomonidan  ajratilgan,  maxsus  transportda  o’rta  tibbiyot  xodimi 
kuzatuvi ostida izolyatorga yuboriladi. 


 
154 
4.  Evakuatsiya  brigada  xodimlari  xirurgik  xalat,  pijama,  boshiga  shapkacha 
yoki  kosinka  (uch  burchak  ro’mol)  kiyib  olgan  bo’lishi  kerak.  Evakotransportda 
xizmat  qiluvchi  xodim  smena  tugagandan  so’ng  sanitariya  ishlov  berishdan 
(tozalash) o’tishi kerak. 
5.  Bemorlarni  yoki  vibrion  tashuvchilarni  gospitalizatsiya  qilingach 
muloqotda  bo’lganlar  alohida  joylangandan  so’ng  davolash  muassasalari  yoki 
evakobrigada  kuchi  bilan  shifoxona  hududidagi  maxsus  ajratilgan  maydonchada 
transport  yakuniy  dezinfeksiya  qilinadi.  Transportga  ishlov  berish  uchun  jihozlar 
(gidropult  yoki  avtomaks,  qop,  zambil,  parvarish  qilish  buyumlarini  alohida 
tozalash uchun latta va idish) ajratiladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin