168
aniqlanadi.
O’rta Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim Janubiy va Sharqiy Evropa
endemiklikdagi o’rtacha hudud bo’lib, serologik markerlar aniqlanishi 20-55%,
HBsAg tashuvchilik 2-7%ni tashkil etadi.
Past endemiklikdagi hududlarga Shimoliy Amerika, G’arbiy va Shimoliy
Evropa, Avstraliya va qisman Janubiy Amerika mansub bo’lib, bu erlarda
serologik markerlar 20%,
HBsAg 2% aholida aniqlanadi.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida o’tkir va surunkali B gepatit bilan
kasallanishning ko’p yillik dinamikasida o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Surunkali B gepatit o’sish tendensiyasi surunkali bemorlar to’planib borish
jarayonini aks ettiradi.
Aholining ayrim qatlamlari, yosh, ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida sun’iy
yoki tabiiy yuqish yo’llarining faol ta’sir etib turishi xatarli guruhlar shakllanishiga
sabab bo’ladi.
Infeksiyaning sun’iy yuqish xavfi retsipientlar, turli parenteral tibbiy
muolajalarni ko’plab qabul qiluvchi o’tkir va surunkali bemorlar, giyohvandlarda
yuqoridir. O’z kasb-koriga ko’ra ko’pgina tibbiyot xodimlari xatarli guruhga
mansub.
Virus-tashuvchi onalardan tug’ilgan chaqaloqlar, bolalarning yopiq
muassasalari tarbiyalanuvchilari, fohishalar va surunkali B gepatit infeksiyasi
o’chog’ida yashovchilar kasallikni tabiiy yuqtirish nuqtai nazaridan xatarli guruhga
kiritiladi.
Surunkali infeksiyaga chalingan bemorlar atrofidagi barcha oila a’zolari
epidemik jarayonga jalb etilib, kuchli va uzoq saqlanib qoluvchi oilaviy epidemik
o’choq shakllanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: