171
Laboratoriyaga qonni yuborishda yo’llanmani probirka ichiga joylashtirish
qatiyan taqiqlanadi. Uni probirka sirtiga elimlash shart.
Shuningdek, kosmetik kabinetlar, sartaroshxonalar asbob-anjomlari (ustara,
manikyur to’plamlari va hokazolar) ham sifatli tarzda zararsizlantirilishi talab
qilinadi.
B gepatitga nisbatan maxsus profilaktika - ommaviy vaksinatsiyaning yo’lga
qo’yilishi epidemik jarayon jadalligiga ta’sir etuvchi jiddiy omil bo’lib xizmat
qiladi. Vaksinaning asosi bo’lib
HBsAg xizmat qiladi, chunki bu antigenga qarshi
antitelolar protektiv xususiyatga egadir.
HBsAg virus tashuvchi donorlar
plazmasidan yoki gen injenerlik usulida olinishi mumkin. Hozirgi vaqtda, asosan,
HBsAg olish uchun rekombinant achitqi shtammlari va sut emizuvchilar
xujayralaridan foydalaniladi. Rekombinant vaksinalar o’z tarkibida viruslarni
saqlamaydi. Ular tozalangan antigenni alyuminiy gidrookisda shimdirilib va
timerosalga konservaciya qilinib tayyorlanadi. Vaksinatsiya samaradorligi 95-
100% deb baholanadi. Hattoki,chaqaloqlarga tug’ilgan zaxotiyoq vaksinatsiya
qilinganida ham yuqori immunogenlik va samaradorlik kuzatiladi. Ushbu
vaksinaning onadan olingan antitelolalar, B gepatitga qarshi immunoglobulin
tarkibidagi antitelolar va bolalarga hayotining dastlabki oylarida odatda
qo’llaniladigan boshqa vaksinalar bilan interferensiyasi kuzatilmaydi. Shu
xususiyatlari tufayli vaksina bolalarni rejali emlash universal taqvimiga kiritishga
yaroqlidir. Amaldagi emlash taqvimiga ko’ra respublikamizda B gepatitiga qarshi
vaksinatsiya bolaning tug’ilishi bilan (1 sutkada), 2 va 6 oyliklarida o’tkaziladi.
Xatarli guruhlarga mansub kishilar ham, avvalo tibbiyot xodimlari va tibbiyot
bilim yurtlari talabalari B gepatitga qarshi emlanishi shart. Katta yoshdagilarga
ham emlash 3 marta o’tkazilib, birinchi va ikkinchi emlash orasidagi muddat 1
oyni, ikkinchi va uchinchi emlash orasidagi muddat esa
- 6 oyni tashkil etadi.
Vaksinani katta kishilar va katta yoshli bolalar deltasimon mushagi orasiga,
chaqaloqlar va kichik yoshli bolalarga esa sonning oldingi lateral qismiga yuborish
zarur. Deltasimon mushakka yuborish uchun 25-37,5 mm uzunlikdagi, songa
yuborish uchun 20-25 mm uzunlikdagi igna ishlatiladi. Vaksinani teri orasiga
yuborish tavsiya qilinmaydi. B gepatitga qarshi vaksina ±2°Cdan ±8°C gacha
haroratda saqlanishi zarur. Muzlatish mumkin emas, chunki bu vaksinaning
samaradorligini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: