O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epidemiologiyasi 
 
Infeksiya manbai bo’lib bemor odam hisoblanadi. Bemor prodromal davrning 
boshida  (toshmalar  toshishidan  3-4  kun  ilgari)  va  toshma  toshishining  birinchi  4 
kunlarida  yuqumli  hisoblanadi.  Shunday  qilib  bemor  7-8  kun  davomida  yuqumli 
bo’ladi. Qo’zg’atuvchini tashuvchilik bu kasallikda bo’lmaydi. Inkubatsion davr 8 
kundan 17 kungacha cho’ziladi, ko’pincha esa 9-10 kunni tashkil qiladi. 
Qo’zg’atuvchi  bemor  odam  yo’talganda  va  aksa  urganda  shilliq  tomchilari 
orqali  havoga  ajratiladi  va  shu  tariqa  sog’lom  odamga  yuqishi  mumkin.  Kasallik 
kamdan-kam hollarda chang orqali, shuningdek ifloslangan buyumlar (so’rg’ichlar, 
idish-tovoq  va  hokazo)  orqali  ham  yuqishi  mumkin.  Kasallikning  yuqishi  asosan 
yopiq  joylarda  bemorlar  bilan  uchrashish  natijasida  sodir  bo’ladi  (xonada, 
xonadonda,  bolalar  shifoxonasi,  palatalar,  qabul  ambulatoriyalari,  vagon  yoki 
jamoat transportida va h.k.). Bemor bo’lgan xonaning yuqumlilik xavfliligi yarim 
soatgacha  saqlanib  qolishi  mumkin.  Qizamiq  bilan  kasallanishning  85  %    7 
yoshgacha bo’lgan bolalar ulushiga to’g’ri keladi, bu kasallikka barcha yoshdagilar 
moyil,  faqat  5-6  oylik  chaqaloqlar  deyarli  qizamiq  bilan  kasallanmaydilar. 
Kasallikdan  keyin  umrining  oxirigacha  turg’un  immunitet  qoladi.  Qizamiqning 
epidemik  jarayoni  aholining  immunologik  tarkibi  bilan  boshqariladi.  O’tkazilgan 
tekshiruvlar  natijalariga  ko’ra  (B.I.Niyazmatov,  1995)  40  %  moyil  aholi 
bo’lgandagina  epidemiyaning  yuzaga  kelishiga  sharoit  yaratilar  ekan.  Bu 
ko’rsatkich 20 %ga  tushsagina epidemiya to’xtashi mumkin ekan. Qizamiq bilan 
kasallanishning  mavsumiyligi  yilning  qish-bahor  oylariga  to’g’ri  keladi.  Eng 
yuqori  ko’rsatkichlar  dekabr-may  oylariga  to’g’ri  kelgan.  Iyun-sentyabr  oylarida 
ham kasallanish kuzatilgan. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin