O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar 
 
a) Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar: 
O’choqda  epidemiologik  tekshiruvni  epidemiolog-vrach  olib  boradi.  Bemor 
albatta shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriyaga  gumon  qilinganlar  LOR-vrach,  infeksionist  kabi  mutaxassis 
vrachlar  tomonidan  ko’rilishi,  bakteriologik  tekshiruvlar  o’tkazilishi  shart,  agar 
kasallik topilsa, zudlik bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. 
Difteriya o’chog’idagi tomog’i og’rigan bemorlar difteriyaga gumon qilinib, 
shifoxonaga  yotqizilishlari  kerak.  Difteriyaning  toksigen  korinobakteriyasini 
tashuvchilar yuqumli kasalliklar bo’limiga yotqiziladi. 
Difteriya  bilan  og’rigan  bemorlar  majburiy  ravishda  yuqumli  kasalliklar 
shifoxonasiga  gospitalizatsiya  qilinadilar.  Laboratoriya  tekshirish  natijalarini 
olgunga qadar bemorni iloji boricha bokslarda ushlab turish ma’qulroqdir. Bemor 


 
181 
gospitalizatsiyaga  kechikkanda  o’z  uyida  unga  500  AE  difteriyaga  qarshi  zardob 
yuboriladi.  Bunda  anafilaktik  shokga  qarshi  profilaktik  choralarga  e’tibor  berish 
kerak. 
Antibiotiklar  bilan  davolashni  boshlashdan  oldin  2  marta  kun  oralatib 
bakteriologik tekshiruv o’tkazish kerak. 
LOR  organlarining  surunkali  kasallanishlarini  aniqlash  va  davolash 
ahamiyatlidir,  chunki  ular  uzoq  vaqtgacha  bakteriya  tashuvchi  bo’lib  qolishlari 
mumkin.  Shuning  uchun  barcha  bakteriya  tashuvchilar  bakteriolog-vrach 
maslahatidan  o’tishlari  kerak.  LOR  organlari  surunkali  kasalliklari  shifoxonasiga 
tushgan  birinchi  kunidanoq  otolaringolog-vrach  ko’rsatmasi  bilan  tekshiriladi  va 
davolanadi. 
Antibiotiklar  3  martalik  bakteriologik  tekshiruv  ham  musbat  bo’lgandagina 
vrach  ko’rsatmasi  bilan  buyuriladi.  Davolash  kursi  5-7  kun.  Agar  ikki  marta 
bakteriologik  tekshiruvda  ham  musbat  natija  bo’lsa,  shifoxonadan  berilgan 
(chiqarish  vaqtida)  ma’lumotnoma  asosida  yashash  joyida  davolash  davom 
ettiriladi. 
Ikki  martalik  bakteriologik  tekshiruv  ham  manfiy  bo’lganda  va  antibiotiklar 
berish  to’xtatilganda  toksigen  korinobakteriyasini  tashuvchilarini  ajratib  qo’yish 
(izolyatsiya) to’xtatiladi. Takror va uzoq vaqt bakteriya ajratuvchilarni shifoxonada 
uzoqroq  davolanadi. 
Ikki 
kurs 
sanatsiya 
o’tkazilishga  qaramay  difteriyaning  toksigen 
korinobakteriyasini  tashuvchilarni  jamoaga  qayta  qo’yilishi  mumkinligini 
epidemiolog, pediatr, otolaringolog ishtirokida komissiya hal qiladi. Bunda jamoa 
immunitetlik darajasi hisobga olinadi. 
Bakteriya  tashuvchilik  bartaraf  qilinguncha  o’sha  jamoa  epidemiolog  va 
pediatr  kuzatuvida  bo’ladi.  Buning  uchun  bakteriya  tashuvchi  va  u  bilan 
muloqotda  bo’lganlar  ikki  haftada  bir  marta  bakteriologik  tekshiruvdan  va  tibbiy 
ko’rikdan o’tkazilib turilishi kerak. Agar jamoada bir vaqtning o’zida 10-15 % va 
undan ortiq notoksigen bakteriya  tashuvchilar aniqlansa, epidemiolog  ko’rsatmasi 
bo’yicha  o’sha  joyning  o’zida  sanatsiya  o’tkazish  mumkin.  Bakteriyaning 
notoksigen shtammini tashuvchilar shifoxonaga yotqizilmaydi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin