O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


v) Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

v) Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar (bunda 
bemorning  yashash  joyi,  o’qish  va  ish  joyidagi  barcha  muloqotda  bo’luvchilar 
e’tiborga olinadi). 
Muloqotda bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bemor 
yoki tashuvchi ajratib qo’yilgandan so’ng atrofidagilarga 7 kun davomida har kuni 
termometriya  va  vrach  ko’rigi  o’tkazib  turiladi,  surunkali  tonzilitga  chalingan 
odamlarni  kasallik  qo’zg’alish  davrida  3  kunda  bir  marta  otolaringolog  vrach 
ko’rigidan o’tkazish kerak. 
Difteriyaga  chalingan  bemor  yoki  toksigen  korinobakteriyasi  tashuvchilik 
hodisasi  aniqlanganda  bemor  yoki  tashuvchining  yashash  joyi,  yotoqxonalar  va 
boshqa  o’smirlar  muassasalari,  ish  joyi  kabilar  bilan  aloqa  o’rnatish  kerak. 
Shuningdek qarindosh-urug’lari, do’stlari ham hisobga olinishi kerak. O’choqdagi 
muloqotda bo’lganlarni aniqlashda mahalliy tibbiyot xodimlari va rahbariyat ham 
ishtirok  etadi.  Bemor  bilan  muloqotda  bo’lganlar  (guruh,  sinf,  uy,  yotoqxona  va 
o’sha  joydagilar)  LOR  kasalligi  bo’lganlar  bir  marta  bakteriologik  tekshiruvdan 
o’tkaziladi. Bu ishlarni bir hafta ichida tugatish kerak. Agar birinchi tekshiruvdan 
(bakteriologik)  keyin  tashuvchilar  aniqlansa,  tekshirish  davom  ettiriladi. 
Bakteriologik tekshiruv otolaringolog vrach ko’rigi bilan birga bo’lishi kerak. LOR 
organlari  surunkali  kasalligiga  chalingan  bemorlardan  olingan  burun,  tomoq 
surtmalarni tekshirishga alohida e’tibor berish kerak. 
Terisida  zararlanishlar  (furunkul,  piodermiya,  panaritsiy)  bo’lganlar  ham 
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Barcha bakteriologik, serologik va boshqa 
tekshiruvlar natijalariga asoslanib o’choq chegaralari aniqlanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin