b) Yuqish mexanizmiga nisbatan chora-tadbirlar. O’choqda va
shifoxonada kundalik va yakuniy dezinfeksiya o’tkaziladi. Yakuniy dezinfeksiyada
kamerali usul qo’llaniladi. Uni shahar dezinfeksiya stansiyasi yoki tuman
DSENMning dezinfeksiya bo’limi o’tkazadi. Bemor turgan xona, undagi barcha
predmetlar 0,5%li xloramin eritmasi bilan zararsizlantiriladi va sovunli issiq suv
bilan yuviladi. Mebellar yumshoq vetosh bilan tozaladi. Idishlarni zararsizlantirish
uchun sovun-sodali (1% sovun, 1% soda) solib qaynatiladi. Yoki 1%li xloramin
eritmasiga 1 soatga solib qo’yiladi. Bemor va uning atrofidagilarning kiyimlari va
choyshablarini dezinfeksiya kameralariga yuboriladi.
Difteriyaning bitta o’chog’iga yakunlovchi dezinfeksiya uchun sarflanadigan
dezinfeksiyali eritmalar miqdori: xloramin 5-130g., dixlorizotsianur kislotaning
natriyli yoki kaliyli tuzi - 30 gr., sulfoxloratin - 30gr., nitral-390 gr., xlorlizin -130
gr. Bino va uning ichidagi anjomlarni zararsizlantirish uchun shulardan birortasi