186
Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V
tipi ko’proq uchraydi.
Meningokokklar odam organizmiga yuqori nafas yo’llari orqali tushadi va
burun-halqum shilliq qavatining yuza qatlamlarida rivojlanadi. Bu esa burun-
halqumning kataral yallig’lanishi bilan kechadi (nazofaringit). U yerda
meningokokklar qonga o’tib, natijada meningokokksemiya yuzaga keladi. Qon
orqali ular miyaning yumshoq qavatlariga cho’kib, u yerda o’tkir yiringli
leptomeningit chaqiradi. Ko’proq artritlar, endokarditlar va ko’p sonli serroz
qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin.
Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud:
- o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit;
- meningokokkli sepsis;
- kataral nazofaringit;
- belgisiz infeksiya.
Belgisiz infeksiya va payqalmas shaklli turlari ko’proq (nazofaringit)
uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa bir necha
soatdan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallikdan keyin bir umrga immunitet
paydo bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: