MAVZU 19. MENINGOKOKKLI INFEKSIYALARNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi: Meningokokkli infeksiyalarda epidemik jarayon
rivojlanish mexanizmini va namoyon bo’lishini tahlil qilish asosida epidemiologik
nazoratni tashkil etish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 6 soat, mustaqil ish
- 2 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. kasallikning umumiy tavsifi, tavsifiy ahamiyati va aholining kasallanish
darajasi;
3.2. odamlarning kasallikka va bakteriya tashuvchilikka moyilligi;
3.3. meningokokkli infeksiyalar epidemiologiyasiga taalluqli savollarni
muhokama qilish;
3.4. infeksiya tarqalishida surunkali tashuvchilarning roli;
3.5. kasallikning epidemik avj olish xususiyatlarini o’rganish.
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1. epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi;
4.2. epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi;
4.3. epidemiologik diagnoz va uning o’ziga xos xususiyatlari;
4.4. epidemiologik nazoratni tashkil etish.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. epidemik jarayonning omillarini tahlil qila bilishi;
5.2. epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini tahlil qilishi;
5.3. epidemik jarayonni yuzaga chiqaruvchi omillarni va shart-sharoitlarni
ocha bilishi.
6. Talabalarning mustaqil ishi.
6.1. operativ epidemiologik tahlil bilan tanishish;
6.2. meningokokkli infeksiyalar profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan
tanishish;
6.3. buyruq va uslubiy qo’llanmalar bilan tanishish;
6.4. masalalarni yechish.