197
olmaslikka asoslangan statistik kamchiliklardan tashqari, Osiyo va Afrikada itlar
hamda boshqa uy hayvonlari odamlar uchun asosiy qo’zg’atuvchi manba bo’lib
xizmat qiladi.
Etiologiyasi: Qo’zg’atuvchisi – Rabies virus
- rabdoviruslar oilasi, Lissa
viruslar turiga mansub. Genom - bir zanjirli RNK. Virion d-180nm. Virionlar 5ta
tuzilmaviy oqsillar va RNKga bog’liq polimeraza tutadi. 2ta antigen komponentga
ega: S va V, virus termolabil (60°S haroratda 5-10 minutda parchalanadi,
qaynatilganda 2 minutda), lekin past haroratda chidamli. Dezinfeksiyalovchi
eritmalar, ishqor va kislotalar ta’sirida tez inaktivatsiyalanadi. Fenol va yodga
chidamli. "Yovvoyi" ("ko’cha") va "fiksatsiyalangan" quturish viruslari farqlanadi.
Yovvoyi virus odamlar va barcha issiq qonli hayvonlar uchun yuqori
patogenlik xususiyati bilan ajralib turadi. Bosh miyaning ammon shoxi va o’rta
miyada virusning ko’payishi tomirlarning shikastlanishiga olib keladi, neyronlar
sitoplazmasida o’ziga xos polimorf (yumaloq, oval) kiritmalar - o’lchami 0,5-2.5
nm bo’lgan Babesh-Negri tanachalari hosil bo’ladi.
Fiksatsiyalangan virus o’zgargan yuqtirish sharoitlarida yovvoyi virusni
adaptatsiya yo’li bilan Paster tomonidan olingan bo’lib, quyonlar uchun
nopatogen, Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi, so’lak bilan ajralmaydi.
Dostları ilə paylaş: