Profilaktikasi: odamlar orasida quturishga qarshi chora-tadbirlar va
profilaktika avvalo bu infeksiyaning hayvonlar o’rtasidagi profilaktikasidan iborat.
Profilaktika maqsadida o’txo’r yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini zichligini
ularni yo’qotish yo’li bilan boshqariladi. Antropurgik tabiatli quturishning
profilaktikasi va uni yo’qotish dasturi quyidagilardan iborat:
1) itlar va mushuklarni saqlash qoidalarini ishlab chiqish va unga amal qilish;
2) egasi bor itlarni ro’yxatdan o’tkazish va markirovka qilish (guvohnoma,
birka, bog’ich);
3) barcha daydi va ro’yxatga olinmagan itlar, mushuklarni yo’qotish;
4) quturish bo’yicha noqulay hududlardagi mushuklar va qishloq xo’jalik
hayvonlari o’rtasida profilaktik emlash o’tkazish;
5) 3 oylikdan yuqori barcha xizmatchi va uy itlarini har yili quturishga qarshi
emlash;
6) uy hayvonlarini xalqaro miqyosida, Shuningdek, mamlakat ichkarisida
tashilishi, olib o’tilishi ustidan nazorat o’tkazish;
7) hayvonlarda quturishning tez va samarali diagnozini ta’minlovchi
laboratoriya xizmatining mavjudligi;
8) quturish ustidan epizootologo-epidemiologik nazoratni tashkil etish;
9) samarali antirabik vaksinaning yetarli zahirasi bo’lishi;
10) sanitariya maorif ishlarini faol olib borilishi.
Odamlar o’rtasida quturishga nisbatan o’tkaziladigan asosiy chora -
jarohatlanishning yoki so’lak tekkandan keyin emlashning davo kursini
o’tkazishdan iborat. Emlash kursi jarohatlantiruvchi hayvon toifasiga qarab
belgilanadi:
A — laboratoriyada quturish diagnozi tasdiqlangan hayvonlar;
V - quturish diagnozi klinik belgilar asosida veterinar tomonidan tasdiqlangan
hayvonlar:
S - noma’lum hayvonlar (qochib ketgan, o’ldirilgan, o’lgan va boshqalar);
D - kuzatuv ostidagi ma’lum uy hayvonlari.
A, V, S toifalarga mansub hayvonlardan jarohatlanganda emlashning to’liq
kursi buyuriladi, Bunda kursning davomiyligi, miqdori, preparatlarning turi (KAV,
KAV+AGG) tishlangan joyga, uning o’lchamiga, ko’pligiga, zararlangan kishining
vazni, yoshiga bog’liq bo’ladi.
D toifali hayvonlar jarohatlanganida shartli kurs buyuriladi va Shu hayvon
ustidan 10 kunlik veterinar kuzatuvi amalga oshiriladi. Shartli kurs odatda kulturali
antirabik vaksina bilan 2-4 martalik emlashdan iborat.