Axborot uchun ma’lumot
Ku-isitmasi (koksiellez) koksiellalar keltirib chiqaradigan, polimorf klinikali,
tabiiy o’choqli, zoonoz, yuqish yo’llari xilma-xilligi bilan xarakterlanuvchi
yuqumli kasallikdir.
Ushbu kasallik haqidagi dastlabki ma’lumot 1937 yilda avstraliyalik vrach
E.N.Derrick tomonidan e’lon qilingan va u xastalikni Q-fever deb atagan (Q-
querry inglizchada noaniq, Shubhali ma’nolarni anglatuvchi so’zning birinchi
harfi).
Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchi - Bernet koksiellalari rikketsiyalar oilasi,
koksiellalar turiga mansub. Bernet koksiellalari boshqa rikketsiyalardan genom
tuzilishi, hujayra ichi parazitlik xarakteri, morfogenezi, antibiotiklarga sezgirligi,
dezinfekatantlarga chidamliligi, isitishga va past RNga chidamliligi bilan farq
qiladi. Koksiellalar grammmanfiy, polimorf, kichik kokksimon, tayoqchasimon
yoki ipsimon ko’rinishlarda uchraydi. Xivchin va kapsulalari yo’q.
Bernet koksiellalarining hujayra ichi parazitizmi boshqa rikketsiyalarnikidan
farq qiladi, ya’ni ular xo’jayin hujayralari vakuola - fagolizosomalarida, shu
jumladan, fagositoz hujayralarida ham ko’payish xususiyatlariga ega. Bernet
206
koksiellalarining lizosoma enzimlariga chidamliligi mexanizmi o’rganilmagan.
Qo’zg’atuvchi shtammlari virulentligi qaysi manbadan ajratilganliklariga
bog’liq. Bo’g’imoyoqlilar va yovvoyi sut emizuvchilardan yuqori virulentlikdagi
shtammlar, bemor kishilar va uy hayvonlaridan past virulentlikdagi shtammlar
ajratiladi.
Bernet koksiellalari tashqi muhitga, turli fizik va kimyoviy ta’surotlarga
odatdan tashqari barqaror mikroorganizmlarga mansubdir. Ular tashqi muhitda
quritilgan holda ham, nam substratlarda ham uzoq saqlanib qolishadi. Quruq
kultura holida 8-10 yilgacha tirik saqlana olishi tajribalarda tasdiqlangan.
Sterillangan vodoprovod suvida koksiellalar 160 kungacha tirik qoladi. Sut
pasterizatsiya qilinganida unda mavjud bo’lgan koksiellalar miqdori kamayadi,
lekin batamom xalos bo’lmaydi. Koksiellalar 1 minutdan ortiqroq
qaynatilgandagina halok bo’ladi.
Ku-isitmasi zoonoz infeksiya bo’lib, tabiiy va antropurgik o’choqlar
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Ko’zg’atuvchining asosiy manbai sut emizuvchilar, bo’g’imoyoqlilar va
qushlar hisoblanishadi. 70ga yaqin yovvoyi sut emizuvchilardan Bernet
koksiellalari
ajratilgan.
Hayvonlarda
infeksiya
uzoq
kechadi.
Ulardan
qo’zg’atuvchi siydik va najas orqali ajratiladi.
Bo’g’imoyoqlilardan asosan kanalar zararlanishgan, Shuningdek uy pashshasi
va boshqa ayrim hasharotlarning zararlanganligi ehtimoldan xoli emas. Ular
o’zlariga rikketsiyalar tashuvchisi bo’lgan issiq qonli hayvonlar qonini so’rish
jarayonida kasallikni yuqtirishadi. Kanalarning ham 70ga yaqin turlarida Bernet
koksiellalari aniqlangan. Kanalarning 25 turida qo’zg’atuvchining transovarial
berilishi aniqlangan bo’lib, bu hol ularning tabiatda uzoq saqlanishlariga
ko’maklashadi va bo’g’imoyoqlilar organizmiga o’zgarganligidan dalolat beradi.
Kanalarda infeksiya belgisiz kechadi, ichak epiteliy hujayralari va boshqa
to’qimalarida jadal ko’payadi. Qo’zg’atuvchi kanalardan axlat, so’lak bilan
ajraladi.
Qushlarning 72 turida qo’zg’atuvchi aniqlangan. Qushlar zararlangan
hayvonlar va kanalarning ajratmalarini, ozuqa qoldiqlarini iste’mol qilishganida
ham aerogen yo’llar bilan kasallikni o’zlariga yuqtirishadi. Qo’zg’atuvchi qushlar
organizmidan axlat orqali ajraladi. Ku-isitmaning tabiiy o’choqlari infeksiyaning
birlamchi o’choqlari hisoblanadi. Tabiiy o’choqlarda inson zararlanishi tasodifiy
bo’lib, katta ahamiyat kasb etmaydi.
Inson uchun asosiy epidemiologik xavfni ikkilamchi, ya’ni antropurgik
o’choqlar tug’diradi. Antropurgik o’choqlar uy hayvonlarining tabiatdagi infeksiya
manbalari bilan muloqoti natijasida shakllanadi. Ikkilamchi o’choqlar birlamchi
o’choqlarga nisbatan keng tarqalgan.
Uy hayvonlaridan sigirlar, qo’y-echkilar, otlar, eshak, tuya, cho’chqa, itlar va
boshqa hayvonlar infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Bulardan sigirlar, qo’ylar va
echkilarning epidemiologik ahamiyati kattadir. Uy hayvonlarida ham infeksiya
asosan latent holda kechadi, lekin o’tkir yoki surunkali kechuvchi turli simptomlar
kuzatilishi ham mumkin. Surunkali infeksiya ularda 2 yilgacha cho’ziladi.
207
Hayvonlar qo’zg’atuvchini tashqi muhitga axlat, siydik, sut, yo’ldosh va homila
oldi suyuqligi bilan ajratishadi. Kasallangan hayvonlardan sog’lom hayvonlar,
qushlar zararlanishadi.
Inson Ku-isitma qo’zg’atuvchisini barcha ma’lum yo’llar bilan -ingalyatsion,
muloqot, alimentar, transmissiv - yuqtirishlari mumkin. Aynan yuqish yo’llari
xilma-xilligi koksiellezning epidemiologik o’ziga xosligini belgilovchi jihatlardan
biridir. Yuqish omili bo’lib infeksiya tushgan sut, go’sht, teri, jun, tivit, paxta, suv,
havo, em-xashak xizmat qiladi.
Ingalyatsion (aerogen) yuqish yo’li asosiy yo’l bo’lib, kasal hayvonlarni
parvarishlash, qo’zg’atuvchi tushgan mahsulotlar - teri, charm, jun, tivit, paxtaga
ishlov berish jarayonlarida kuzatiladi. Bernet koksiellasi tashqi muhitga
chidamliligi, bu mahsulotlar orqali infeksiyaning manbadan juda uzoq masofalarga
tarqalishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, aerogen yo’l bilan yuqish ushbu kasallik
qo’zg’atuvchilarini tadqiq etilayotgan laboratoriyalarda kuzatiladi.
Infeksiyaning alimentar yo’li bilan yuqishi kasal hayvon ajratmalari bilan
ifloslangan qo’l orqali, zararsizlantirilmagan sut va sut mahsulotlarini iste’mol
qilish natijasida sodir etiladi. Kasallangan sigirlarda sut orqali qo’zg’atuvchi
ajralishi 17 kundan 60 kungacha, surunkali jarayonda esa 2 yilgacha davom etadi.
Qo’y-echkilarda esa butun laktatsiya davrida kuzatiladi. Kasallangan hayvonlar
ajratmalari bilan ifloslangan suv havzalari suvidan iste’mol qilish yoki
cho’milishda kasallik yuqishi mumkinligi tajribalarda isbotlangan. Oshqozondagi
kislotali muhitga qo’zg’atuvchi chidamli.
Infeksiyaning muloqot mexanizmi bilan yuqishi kasallangan mollar
boqilayotgan fermalar, qushxonalar va go’sht kombinatlarida kuzatiladi.
Koksiellalar yuqori invazivlik xususiyati tufayli teri va shilliq qavatlar orqali
organizmga tusha oladilar. Kasallangan hayvonni tug’dirishda qatnashish ayniqsa
xavfli, chunki yo’ldosh va homila oldi suyuqligida qo’zg’atuvchi katta miqdorda
bo’ladi.
Tabiiy o’choqlarda kasallik epizootologiyasida muhim ahamiyatga ega
bo’lgan transmissiv mexanizm odamlar o’rtasida kamdan-kam kuzatiladi. Bu holda
yuqtirish omili kanalar bo’ladi.
Ku-isitma bilan kasallangan kishilar ham infeksiya manbai bo’lib xizmat
qilishlari mumkin.
Bemor kishidan boshqalarga infeksiya turli ajratmalar orqali beriladi.
Qo’zg’atuvchi bemorlar balg’ami, siydigi, nafas yo’llari surtma-si, hatto ko’krak
sutida aniqlangan. Kasallik shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishi hamda
murdalarni yorish jarayonida yuqishi mumkinligi kuzatilgan.
Kasallik epidemik yoki sporadik tusda ko’pincha qishloq aholisi orasida
kuzatiladi. Bu hol qishloq aholisining chorva va uning mahsulotlari bilan ko’proq
muloqotda bo’lishlari bilan izohlanadi hamda kasallanishning "qishloq xo’jalik
tipini" tashkil etadi. Qishloqlarda kattalar bilan birga bolalar ham kasallanishlari
mumkin. Bu joyda bahorgi-kuzgi mavsumiylik kuzatiladi.
Shu bilan birga kasallanishning "ishlab chiqarish tipi" ham mavjud bo’lib,
unda qushxona, go’sht kombinatlari, jun, teri paxtaga ishlov beruvchi korxonalar
208
xodimlari kasallanishadi. Bu holda yaqqol mavsumiylik yo’q. Asosan kattalar
kasallanishadi.
Dostları ilə paylaş: |