O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Axborot uchun ma’lumot 
 
Ku-isitmasi (koksiellez) koksiellalar keltirib chiqaradigan, polimorf klinikali, 
tabiiy  o’choqli,  zoonoz,  yuqish  yo’llari  xilma-xilligi  bilan  xarakterlanuvchi 
yuqumli kasallikdir. 
Ushbu  kasallik  haqidagi  dastlabki  ma’lumot  1937  yilda  avstraliyalik  vrach 
E.N.Derrick  tomonidan  e’lon  qilingan  va  u  xastalikni  Q-fever  deb  atagan  (Q-
querry  inglizchada  noaniq,  Shubhali  ma’nolarni  anglatuvchi  so’zning  birinchi 
harfi). 
Etiologiyasi.  Qo’zg’atuvchi  -  Bernet  koksiellalari  rikketsiyalar  oilasi, 
koksiellalar  turiga  mansub.  Bernet  koksiellalari  boshqa  rikketsiyalardan  genom 
tuzilishi,  hujayra  ichi  parazitlik  xarakteri,  morfogenezi,  antibiotiklarga  sezgirligi, 
dezinfekatantlarga  chidamliligi,  isitishga  va  past  RNga  chidamliligi  bilan  farq 
qiladi.  Koksiellalar  grammmanfiy,  polimorf,  kichik  kokksimon,  tayoqchasimon 
yoki ipsimon ko’rinishlarda uchraydi. Xivchin va kapsulalari yo’q. 
Bernet  koksiellalarining  hujayra  ichi  parazitizmi  boshqa  rikketsiyalarnikidan 
farq  qiladi,  ya’ni  ular  xo’jayin  hujayralari  vakuola  -  fagolizosomalarida,  shu 
jumladan,  fagositoz  hujayralarida  ham  ko’payish  xususiyatlariga  ega.  Bernet 


 
206 
koksiellalarining lizosoma enzimlariga chidamliligi mexanizmi o’rganilmagan. 
Qo’zg’atuvchi  shtammlari  virulentligi  qaysi  manbadan  ajratilganliklariga 
bog’liq.  Bo’g’imoyoqlilar  va  yovvoyi  sut  emizuvchilardan  yuqori  virulentlikdagi 
shtammlar,  bemor  kishilar  va  uy  hayvonlaridan  past  virulentlikdagi  shtammlar 
ajratiladi. 
Bernet  koksiellalari  tashqi  muhitga,  turli  fizik  va  kimyoviy  ta’surotlarga 
odatdan  tashqari  barqaror  mikroorganizmlarga  mansubdir.  Ular  tashqi  muhitda 
quritilgan  holda  ham,  nam  substratlarda  ham  uzoq  saqlanib  qolishadi.  Quruq 
kultura  holida  8-10  yilgacha  tirik  saqlana  olishi  tajribalarda  tasdiqlangan. 
Sterillangan  vodoprovod  suvida  koksiellalar  160  kungacha  tirik  qoladi.  Sut 
pasterizatsiya  qilinganida  unda  mavjud  bo’lgan  koksiellalar  miqdori  kamayadi, 
lekin  batamom  xalos  bo’lmaydi.  Koksiellalar  1  minutdan  ortiqroq 
qaynatilgandagina halok bo’ladi. 
Ku-isitmasi  zoonoz  infeksiya  bo’lib,  tabiiy  va  antropurgik  o’choqlar 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. 
Ko’zg’atuvchining  asosiy  manbai  sut  emizuvchilar,  bo’g’imoyoqlilar  va 
qushlar  hisoblanishadi.  70ga  yaqin  yovvoyi  sut  emizuvchilardan  Bernet 
koksiellalari 
ajratilgan. 
Hayvonlarda 
infeksiya 
uzoq 
kechadi. 
Ulardan 
qo’zg’atuvchi siydik va najas orqali ajratiladi. 
Bo’g’imoyoqlilardan asosan kanalar zararlanishgan, Shuningdek uy pashshasi 
va  boshqa  ayrim  hasharotlarning  zararlanganligi  ehtimoldan  xoli  emas.  Ular 
o’zlariga  rikketsiyalar  tashuvchisi  bo’lgan  issiq  qonli  hayvonlar  qonini  so’rish 
jarayonida  kasallikni  yuqtirishadi.  Kanalarning  ham  70ga  yaqin  turlarida  Bernet 
koksiellalari  aniqlangan.  Kanalarning  25  turida  qo’zg’atuvchining  transovarial 
berilishi  aniqlangan  bo’lib,  bu  hol  ularning  tabiatda  uzoq  saqlanishlariga 
ko’maklashadi  va  bo’g’imoyoqlilar  organizmiga  o’zgarganligidan  dalolat  beradi. 
Kanalarda  infeksiya  belgisiz  kechadi,  ichak  epiteliy  hujayralari  va  boshqa 
to’qimalarida  jadal  ko’payadi.  Qo’zg’atuvchi  kanalardan  axlat,  so’lak  bilan 
ajraladi. 
Qushlarning  72  turida  qo’zg’atuvchi  aniqlangan.  Qushlar  zararlangan 
hayvonlar  va  kanalarning  ajratmalarini,  ozuqa  qoldiqlarini  iste’mol  qilishganida 
ham aerogen yo’llar bilan kasallikni o’zlariga yuqtirishadi. Qo’zg’atuvchi qushlar 
organizmidan  axlat  orqali  ajraladi.  Ku-isitmaning  tabiiy  o’choqlari  infeksiyaning 
birlamchi  o’choqlari  hisoblanadi.  Tabiiy  o’choqlarda  inson  zararlanishi  tasodifiy 
bo’lib, katta ahamiyat kasb etmaydi. 
Inson  uchun  asosiy  epidemiologik  xavfni  ikkilamchi,  ya’ni  antropurgik 
o’choqlar tug’diradi. Antropurgik o’choqlar uy hayvonlarining tabiatdagi infeksiya 
manbalari  bilan  muloqoti  natijasida  shakllanadi.  Ikkilamchi  o’choqlar  birlamchi 
o’choqlarga nisbatan keng tarqalgan. 
Uy hayvonlaridan sigirlar, qo’y-echkilar, otlar, eshak, tuya, cho’chqa, itlar va 
boshqa hayvonlar infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Bulardan sigirlar, qo’ylar va 
echkilarning  epidemiologik  ahamiyati  kattadir.  Uy  hayvonlarida  ham  infeksiya 
asosan latent holda kechadi, lekin o’tkir yoki surunkali kechuvchi turli simptomlar 
kuzatilishi  ham  mumkin.  Surunkali  infeksiya  ularda  2  yilgacha  cho’ziladi. 


 
207 
Hayvonlar  qo’zg’atuvchini  tashqi  muhitga  axlat,  siydik,  sut,  yo’ldosh  va  homila 
oldi  suyuqligi  bilan  ajratishadi.  Kasallangan  hayvonlardan  sog’lom  hayvonlar, 
qushlar zararlanishadi. 
Inson Ku-isitma qo’zg’atuvchisini barcha ma’lum yo’llar bilan  -ingalyatsion, 
muloqot,  alimentar,  transmissiv  -  yuqtirishlari  mumkin.  Aynan  yuqish  yo’llari 
xilma-xilligi koksiellezning epidemiologik o’ziga xosligini belgilovchi jihatlardan 
biridir. Yuqish omili bo’lib infeksiya tushgan sut, go’sht, teri, jun, tivit, paxta, suv, 
havo, em-xashak xizmat qiladi. 
Ingalyatsion  (aerogen)  yuqish  yo’li  asosiy  yo’l  bo’lib,  kasal  hayvonlarni 
parvarishlash, qo’zg’atuvchi tushgan mahsulotlar  - teri, charm, jun, tivit, paxtaga 
ishlov  berish  jarayonlarida  kuzatiladi.  Bernet  koksiellasi  tashqi  muhitga 
chidamliligi, bu mahsulotlar orqali infeksiyaning manbadan juda uzoq masofalarga 
tarqalishiga  sabab  bo’ladi.  Shuningdek,  aerogen  yo’l  bilan  yuqish  ushbu  kasallik 
qo’zg’atuvchilarini tadqiq etilayotgan laboratoriyalarda kuzatiladi. 
Infeksiyaning  alimentar  yo’li  bilan  yuqishi  kasal  hayvon  ajratmalari  bilan 
ifloslangan  qo’l  orqali,  zararsizlantirilmagan  sut  va  sut  mahsulotlarini  iste’mol 
qilish  natijasida  sodir  etiladi.  Kasallangan  sigirlarda  sut  orqali  qo’zg’atuvchi 
ajralishi 17 kundan 60 kungacha, surunkali jarayonda esa 2 yilgacha davom etadi. 
Qo’y-echkilarda  esa  butun  laktatsiya  davrida  kuzatiladi.  Kasallangan  hayvonlar 
ajratmalari  bilan  ifloslangan  suv  havzalari  suvidan  iste’mol  qilish  yoki 
cho’milishda  kasallik  yuqishi  mumkinligi  tajribalarda  isbotlangan.  Oshqozondagi 
kislotali muhitga qo’zg’atuvchi chidamli. 
Infeksiyaning  muloqot  mexanizmi  bilan  yuqishi  kasallangan  mollar 
boqilayotgan  fermalar,  qushxonalar  va  go’sht  kombinatlarida  kuzatiladi. 
Koksiellalar  yuqori  invazivlik  xususiyati  tufayli  teri  va  shilliq  qavatlar  orqali 
organizmga tusha oladilar. Kasallangan hayvonni tug’dirishda qatnashish ayniqsa 
xavfli,  chunki  yo’ldosh va  homila  oldi  suyuqligida qo’zg’atuvchi katta  miqdorda 
bo’ladi. 
Tabiiy  o’choqlarda  kasallik  epizootologiyasida  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’lgan transmissiv mexanizm odamlar o’rtasida kamdan-kam kuzatiladi. Bu holda 
yuqtirish omili kanalar bo’ladi. 
Ku-isitma  bilan  kasallangan  kishilar  ham  infeksiya  manbai  bo’lib  xizmat 
qilishlari mumkin. 
Bemor  kishidan  boshqalarga  infeksiya  turli  ajratmalar  orqali  beriladi. 
Qo’zg’atuvchi  bemorlar  balg’ami,  siydigi,  nafas  yo’llari  surtma-si,  hatto  ko’krak 
sutida  aniqlangan.  Kasallik  shifoxona  ichi  infeksiyasi  sifatida  tarqalishi  hamda 
murdalarni yorish jarayonida yuqishi mumkinligi kuzatilgan. 
Kasallik  epidemik  yoki  sporadik  tusda  ko’pincha  qishloq  aholisi  orasida 
kuzatiladi. Bu hol qishloq aholisining chorva va uning mahsulotlari bilan ko’proq 
muloqotda  bo’lishlari  bilan  izohlanadi  hamda  kasallanishning  "qishloq  xo’jalik 
tipini"  tashkil  etadi.  Qishloqlarda  kattalar  bilan  birga  bolalar  ham  kasallanishlari 
mumkin. Bu joyda bahorgi-kuzgi mavsumiylik kuzatiladi. 
Shu  bilan  birga  kasallanishning  "ishlab  chiqarish  tipi"  ham  mavjud  bo’lib, 
unda qushxona, go’sht kombinatlari, jun, teri paxtaga ishlov beruvchi korxonalar 


 
208 
xodimlari  kasallanishadi.  Bu  holda  yaqqol  mavsumiylik  yo’q.  Asosan  kattalar 
kasallanishadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin